Sport

Bugun O‘zbekistonda futzal bo'yicha jahon chempionati boshlanadi

Kun dasturida 4 ta o‘yin bo‘lib o‘tadi.

Bugun O‘zbekistonda futzal bo'yicha jahon chempionati boshlanadi

 

Bugun, O‘zbekistonda futzal bo‘yicha Jahon chempionati start oladi. Kun dasturida 4 ta o‘yin bo‘lib o‘tadi. Buxoro shahrida Xorvatiya-Tailand va Braziliya-Kuba o‘yinlari o‘tkazilsa, Toshkent shahri Paragvay-Kosta-Rika hamda O‘zbekiston-Niderlandiya bahslariga mezbonlik qiladi.

 

O‘zbekiston-Niderlandiya o‘rtasidagi uchrashuv 20:00 da boshlanadi. Qayd etish joiz, O‘zbekiston tarixda birinchi marta FIFA tasnifidagi turnirga mezbonlik qilmoqda. O‘zbekiston futzal terma jamoasi esa 2-marta jahon chempionatida ishtirok etadi.

 

Ma’lumot uchun, jahon chempionati 6-oktabrga qadar davom etadi. Toshkent va Buxoro shahridan tashqari Andijon shahrida o‘yinlar tashkil etiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"