Sport

O‘zbekiston jamoalari ikkinchi turda ham g‘alaba qozondi

Vengriya poytaxti Budapesht shahrida 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi davom etmoqda.

O‘zbekiston jamoalari ikkinchi turda ham g‘alaba qozondi

 

12-sentabr kuni 2-tur bahslari bo‘lib o‘tdi. Amaldagi chempion sanalgan O‘zbekiston yigitlar jamoasi Misrni 3.5:0.5 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Qizlar jamoasi Angoladan 3:1 hisobida ustun keldi.

 

Ushbu turda Jahongir Vohidov o‘rniga Javohir Sindorov harakat qildi. Aynan u Misr vakili Vafa Hamid bilan durang qayd etdi. Qolgan barcha ishtirokchilar o‘z bahslarida g‘alabaga erishdi. Qizlar jamoasida harakatlanayotgan Nilufar Yakubboyeva Angola vakiliga mag‘lub bo‘ldi. Qolgan uch shaxmatchining g‘alabasi O‘zbekiston qizlarining Angola ustidan g‘alabasini ta’minladi — 3:1.

 

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston vakillari birinchi turda ham g‘alaba qozongan edi. Bugun 3-tur uchrashuvlari o‘tkaziladi. Unda O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi xorvatiyalik shaxmatchilarga qarshi bahs olib boradi. Qizlar jamoasi mezbon Vengriya terma jamoasiga qarshi dona suradi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"