Sport

"Ketish sabablarini aytishim shart emas"

Xavi "Barselona" rahbariyatining qarori haqida gapirdi.

"Ketish sabablarini aytishim shart emas"

 

"Barselona"ning sobiq bosh murabbiyi Xavi klub rahbariyatining uni iste'foga chiqarish haqidagi qaroriga izoh berdi, shuningdek, jamoadan ketish sabablarini aytishdan bosh tortdi.

 

"Biz bu mavsum yutuqlarni qo'lga kirita olmadik, lekin biz to'g'ri yo'lda edik. Futbolda ba'zan shunday holatlar bo'lib turadi. Qarorlarni rahbariyat qabul qiladi. Biz jamoada amalga oshirgan ishimizdan mamnunmiz. Ketish sabablarini aytishim shart emas. Men buni qabul qilishdan boshqa ilojim yo'q. Qaror allaqachon qabul qilingan", - dedi Xavi.

 

Joriy mavsumda “Barselona” Ispaniya La Ligasida “Real”dan 10 ochko ortda qolib, ikkinchi o‘rinni egalladi. Ispaniya kubogida Xavi shogirdlari turnir g‘olibi Bilbaoning “Atletik” klubiga imkoniyatni boy berdi. Chempionlar ligasida esa chorak finalda Fransiyaning “PSJ” jamoasiga umumiy hisobda mag‘lub bo‘lishdi. Shuningdek, Ispaniya Superkubogi finalida “Real” kataloniyaliklardan 1:4 hisobida ustun kelishdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"