Sport

"Yuventus"ga yangi bosh murabbiy tayinlandi

U avval ham Italiya klubini boshqargan.

"Yuventus"ga yangi bosh murabbiy tayinlandi

 

"Bolonya" bosh murabbiyi Tiago Motta yangi mavsumda "Yuventus"ni boshqaradi.

 

Insayder Fabrisio Romano xabariga ko‘ra, Turin klubi va Motta o‘rtasida 2027 yilga qadar shartnoma imzolangan. "Yuve" Allegri bilan xayrlashganini e’lon qilgan va tez orada yangi murabbiyni tanishtiradi.

 

"Yuventus" klubi rahbariyati Tiago Motta bilan olib borilgan 6 oylik muzokaralardan keyin kelishuvga erishgan. 41 yoshli mutaxassis "Bolonya"ni bu haqda xabardor qilgan va u mavsum yakunida klubni tark etadi. Qayd etilishicha, Mottaning yillik maoshi 5 million yevroni tashkil qiladi.

 

Braziliyada tug‘ilgan va Italiya fuqaroligini olgan murabbiy o‘tgan 5 yil davomida "Jenoa", "Spetsiya" va "Bolonya" klublarini boshqardi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"