Jahon

Trampga prezidentlik saylovlarida qatnashishga ruxsat berildi

Bu haqda AQSH oliy sudi ma'lum qilgan.

Trampga prezidentlik saylovlarida qatnashishga ruxsat berildi

 

AQSh Oliy sudi Kolorado sudining Donald Trampning AQSh prezidentligiga nomzodini qo‘ymasligi haqidagi qarorini bekor qildi. Shtat sudi sobiq prezident 2021-yil yanvar oyida Kapitoliyga bostirib kirishda ishtirok etganini ta'kidlagan.

 

Oliy sud qaroriga ko‘ra, faqat Kongress uni prezidentlikka nomzodlar ro‘yxatidan chiqarib tashlashi mumkin.

 

"Bu Amerika uchun katta g'alaba", - deb yozgan Tramp o'zining ijtimoiy media platformasida.

 

2023-yil dekabr oyida Kolorado sudi Trampni prezidentlikka loyiq emasligi va AQSh Konstitutsiyasiga ko'ra taqiqlangan namoyishda qatnashgani sababli shtatdagi Respublikachilarning birlamchi saylov byulletenidan olib tashlanishi haqida qaror chiqargandi. Namoyish deganda Trampning 2021-yil 6-yanvarda Kapitoliyga bostirib kirishda ishtiroki nazarda tutilmoqda.

 

Eslatib o'tamiz, 2020-yilda Tramp prezidentlik saylovlarida Jo Baydenga yutqazgandi. Shundan so'ng sobiq prezident Vashingtondagi nutqida, ovoz berish natijalari soxtalashtirilganini iddao qilib, mag‘lubiyatni tan olishdan bosh tortgandi va tarafdorlarini kurashga chaqirgandi.

custom img

Putinga istalgan mamlakatga hujum qilish vakolati berildi

Davlat Dumasi prezidentga rossiyaliklar ta’qibga uchrayotgan mamlakatlarga qo‘shin kiritish vakolatini beruvchi qonun loyihasini qabul qildi.

custom img

Qirg‘izistonda rus tilidagi qishloqlar nomi o‘zgartiriladi — Sadir Japarov

Mazkur jarayonni 2027-yilgacha yakunlash rejalashtirilgan.

custom img

Hind okeanida rohinja muhojirlari qayig‘i halokatga uchrab, 250 kishi bedarak yo‘qoldi

Shuningdek hodisa oqibatida bangladeshliklar va bolalar ham bedarak yo‘qolgan. Fojia rohinjalarning uzoq davom etayotgan majburiy ko‘chirilishi bilan bog‘lanmoqda.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"