Jahon

Vertolyot qulashi oqibatida besh askar halok bo‘ldi

Voqea Kolumbiyada yuz bergan.

Vertolyot qulashi oqibatida besh askar halok bo‘ldi

 

Kolumbiya g‘arbidagi Choko departamentida havo kuchlari vertolyoti qulashi oqibatida 5 askar halok bo‘ldi, 3 nafar askar yaralandi.

 

Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot Unguya munisipalitetida qulagan. Voqea joyida qidiruv-qutqaruv guruhlari ishlamoqda.

 

Kolumbiya armiyasi halok bo‘lgan askarlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi va vertolyot halokati yuzasidan tergov boshlanganini e’lon qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"