Jahon

Mask yana dunyoning eng boy odamiga aylandi

Uning boyligi $222 mlrdga baholamoqda.

Mask yana dunyoning eng boy odamiga aylandi

 

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask “Bloomberg Billionaires Index” talqini bo‘yicha dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida yana birinchi o‘rinni egalladi.

 

4-dekabr holatiga, “Tesla” va “SpaceX” kompaniyalari rahbarining boyligi $222 mlrdga baholamoqda. Qayd etilishicha, 2023-yil boshidan buyon u o‘z kapitalini $85,8 mlrdga oshirgan. Ikkinchi o‘rinda “Amazon” asoschisi Jeff Bezos, uning boyligi $171 mlrdga baholangan. Kuchli uchlikni “Louis Vuitton Moet Hennessy” (LVMH) rahbari va egasi Bernard Arno $168 mlrd boyligi bilan yakunladi.

 

2022-yil dekabrida “Forbes” jurnali tomonidan tuzilgan yangi “Real Time Billionaires” reytingiga ko‘ra, Ilon Mask eng boy odamlar reytingida birinchi o‘rinni boy bergandi. Kuchli uchlikni “Amazon” asoschisi Jeff Bezos $117 mlrd boyligi bilan yakunladi. To‘rtinchi o‘rinda “Microsoft” asoschisi Bill Geyts, “Berkshire Hathaway” investitsiya xoldingi bosh direktori Uorren Baffet beshinchi o‘rinda turibdi.

 

2023-yil yanvar oyida Ilon Mask shaxsiy boyligini yo‘qotish bo‘yicha “Ginness rekordlari kitobi"ga kiritilgandi. Qayd etilishicha, 2022-yilda Maskning boyligi rekord darajada, ya’ni $200 mlrdga kamaygan.

 

“Maskning umumiy yo‘qotishlari 2000-yilda yapon texnologiya investori Masayoshi Son tomonidan o‘rnatilgan $58,6 mlrdlik rekorddan ancha oshib ketdi”, - deyiladi xabarda. Shuningdek, yil davomida tadbirkor kapitalining asosini tashkil etuvchi “Tesla” aksiyalari 65%ga tushgan. Asosiy pasayish Maskning “Twitter"ni sotib olishni e’lon qilinganidan keyin sodir bo‘lgan.

custom img

Putinga istalgan mamlakatga hujum qilish vakolati berildi

Davlat Dumasi prezidentga rossiyaliklar ta’qibga uchrayotgan mamlakatlarga qo‘shin kiritish vakolatini beruvchi qonun loyihasini qabul qildi.

custom img

Qirg‘izistonda rus tilidagi qishloqlar nomi o‘zgartiriladi — Sadir Japarov

Mazkur jarayonni 2027-yilgacha yakunlash rejalashtirilgan.

custom img

Hind okeanida rohinja muhojirlari qayig‘i halokatga uchrab, 250 kishi bedarak yo‘qoldi

Shuningdek hodisa oqibatida bangladeshliklar va bolalar ham bedarak yo‘qolgan. Fojia rohinjalarning uzoq davom etayotgan majburiy ko‘chirilishi bilan bog‘lanmoqda.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"