Sport

Alisher Usmonovning Bavariyadagi villasiga reyd uyushtirildi

Milliarderning matbuot xizmati qidiruvlarni qo‘rqitishning navbatdagi epizodi deb atagan.

Alisher Usmonovning Bavariyadagi villasiga reyd uyushtirildi

 

Germaniya politsiyasi va bojxona xodimlari Myunxen va Tegernze shaharlarida Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi sababli Yevropa sanksiyalari ostida qolgan oligarx, milliarder Alisher Usmonovga tegishli bo‘lgan bir qancha mulklarni tintuv qilgani aytilmoqda.

 

Ma’lum bo‘lishicha, Germaniya bojxona organlari tomonidan sanksiyalar bo‘yicha tuzilgan “Matreshka” maxsus komissiyasi tintuvlar sud qarori asosida o‘tkazilganini ma’lum qilgan. Germaniya rasmiylari rossiyalikning ismini oshkor qilmagan. Aytilishicha, gap milliarder o‘zbekistonlik Alisher Usmonov haqida ketmoqda.

 

Germaniya nashrlarining yozishicha, politsiya Usmonovning Bavariyaning Rottax-Egern shahrida, Tegernzi ko‘li qirg‘og‘idagi villasiga reyd uyushtirganini da’vo qilmoqda. Uydan qimmatbaho buyumlar, jumladan, Mercedes Maybach S500 kabi hashamatli avtomobillar musodara qilingan.

 

“Germaniya huquq-tartibot idoralarining Alisher Usmonovga nisbatan xatti-harakatlari katta hayrat va sharmandalik hissini uyg‘otmoqda. Usmonov vakillari tintuvlar unga tegishli obyektlarda o‘tkazilganini inkor etmoqda. Milliarder o‘zi asos solgan trest aktivlari ustidan nazorat qilish huquqiga ega emas va trestga tegishli mol-mulk bilan hozir nima bo‘layotganini bila olmaydi”, deyiladi tadbirkorning matbuot xizmati munosabatida.

 

Milliarderning matbuot xizmati qidiruvlarni qo‘rqitishning navbatdagi epizodi deb atagan.

custom img

Meliqo‘ziyev ganalik raqibini texnik nokautga uchratdi

U shu tariqa WBA Continental Americas kamarini himoya qildi va 17-g‘alabasini qayd etdi.

custom img

“Darhol yo‘lga chiq”: Tramp Ronalduni AQSHga chaqirdi

Amerika rahbari Krishtianuni eng buyuk futbolchi deb atadi.

custom img

O‘zbekiston sportchilari qishki Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini medalsiz yakunladi

Mamlakat sharafini short-trekchi Daniil Yeybog va tog‘ chang‘ichisi Medet Nazarov himoya qildi.

custom img

Husanov transferidan keyin O‘zbekiston Manchester City uchun strategik bozorga aylandi

“Manchester Evening News” e’tirofiga ko‘ra, Abduqodir Husanovning Manchester Cityga transferi klub tarixidagi eng kuchli raqamli portlashlardan birini keltirib chiqardi: atigi bir necha hafta ichida O‘zbekiston “Siti”ning eng faol auditoriyasiga aylandi, millionlab muxlislar esa ingliz klubini global trendga olib chiqdi.

custom img

O‘zbekiston vakillari qishki Olimpiadadagi debyut ishtirokini yakunladi

Short-trekda Daniil Eybog 14-o‘rinni egalladi, tog‘ chang‘isida Medet Nazarov gigant-slalomda 50-pog‘onadan joy oldi.

custom img

FIDE Freestyle Jahon chempionati: Abdusattorov va Sindarov 4-turda mag‘lub bo‘ldi

O‘zbekistonlik grossmeysterlar Hans Niemann va Arjun Erigaisiga imkoniyatni boy berdi, keyingi turda esa ular o‘zaro bahs olib boradi.

custom img

"Al Nasr" Ronalduga vaziyatni barqarorlashtirishga va’da berdi

Klub rahbari iste’foga chiqarilishi mumkin.

custom img

Saudiya klublari Mohamed Salahni Ronalduning o'rniga tayyorlamoqda

Ronalduning yaqin orada ligani tark etishi mumkinligi haqidagi xabarlar fonida, Saudiya “Liverpool” yulduzining haftalik maoshini uch baravar oshirishni taklif qilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"