Sport

“PSJ” yangi transferlarni amalga oshirmoqda

Klub ikki hujumchi bilan shartnoma imzoladi.

“PSJ” yangi transferlarni amalga oshirmoqda

 

Fransiyaning “PSJ” klubi birdaniga ikki hujumchi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda "Le Parisen" nashri xabar bermoqda.

 

Frankfurtning “Ayntraxt” klubi hujumchisi Randal Kolo Muani va “Lion” hujumchisi Bredli Barkola “PSJ”ga o‘tishga rozi bo‘ldi. Parij klubi o‘yinchilarning hozirgi jamoalari bilan kelishib olishi kerak.

 

Parijliklar Barkola uchun “Lion”ga 20 mln yevro to‘lashi kutilmoqda. 20 yoshli hujumchining “Lion” bilan shartnomasi 2026-yilning iyuniga qadar tuzilgan.  Frankfurtning “Ayntraxt” klubi joriy transfer oynasida Kolo Muanini 80 million yevroga sotishga tayyor. 24 yoshli futbolchining “Ayntraxt” bilan shartnomasi 2027-yilning iyunigacha amal qiladi. Joriy mavsumda hujumchi Germaniya kubogi doirasidagi bitta o‘yinda bitta gol urdi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"