Sport

"Vest Xem" Maguayrdan voz kechdi

Klub boshqa futbolchi qidirmoqda.

"Vest Xem" Maguayrdan voz kechdi

 

"Vest Xem" "Manchester Yunayted"ning angliyalik markaziy himoyachisi Garri Maguayr bilan shartnoma imzolashdan bosh tortmoqda. Bu haqda "The Telegraph" nashri xabar berdi.

 

Manbaning xabariga ko‘ra, London klubi bu shartnomadan juda ko‘p shubhalana boshlagan. Shu bois, «Vest Xem» transfer bozorida Maguayrga muqobil variantlarni izlay boshladi.

 

Eslatib o‘tamiz, Garri Maguayr “Lester”dan "Manchester Yunayted"ga 87 million yevro evaziga o‘tgandi. Hozircha futbolchining taxminiy narxi 20 million yevroni tashkil etadi. 30 yoshli markaziy himoyachining "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi 2025-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"