Jahon

Italiya koronavirus bilan bog‘liq so‘nggi cheklovni bekor qildi

Hindistonda esa yangi shtamm aniqlandi.

Italiya koronavirus bilan bog‘liq so‘nggi cheklovni bekor qildi

 

Italiya vazirlar kengashi Omnibus deb nom berilgan hukumat dekretini maʼqulladi. Mazkur hujjat o‘zida keyinga qoldirib bo‘lmaydigan choralar paketini jamlagan. Unga ko‘ra, koronavirus bilan xastalanganlarni majburiy yakkalash bekor qilinadi.

 

Xabarda bu COVID-19 pandemiyasi tufayli joriy qilingan cheklovlarning eng so‘ngisi ekani aytilmoqda. “Epidemiologiya vaziyati, vaksinalar va dori-darmonlar ushbu cheklovga zarurat qoldirmaydi. Sog‘liqni saqlash vazirligi nazoratni davom ettiradi va zarurat tug‘ilganda barcha choralarni ko‘radi”, – deydi Italiya sog‘liqni saqlash vaziri Oratsio Skillachi.

 

JSSTning so‘nggi haftalik epidemiologiya maʼlumotlarida keltirilishicha, dunyoning faqat 46 foiz mamlakatlari va hududlarida iyul oyida COVID-19 bilan bog‘liq holatlar aniqlangan. Tashkilot maʼlumotlariga ko‘ra, iyul oyida milliondan ziyod odam koronavirus yuqtirgan va 3,1 ming kishi vafot etgan.

 

Ko‘rinib turibdiki, koronavirus hali ham dunyo kezib, o‘z qurbonlarini qidirmoqda. Qolaversa, virusning yangi-yangi shtammlari paydo bo‘layotgani ham odamlarni ushbu kasallikka befarq bo‘lmaslikka undaydi. Masalan, The Economic Times gazetasining so‘nggi sonida kuni kecha  Hindistonda COVID-19 xastaligining Eris deb nom berilgan yangi varianti aniqlangani haqida xabar tarqatildi. Xabarda Hindiston kasalliklar genomikasi bo‘yicha konsorsiumi aʼzosi Eris bilan bog‘liq holat qayd etilgani haqida maʼlum qilgani aytiladi. Mutaxassisning taʼkidlashicha, hozircha xavotirga o‘rin yo‘q.

 

Aniqlik kiritilishicha, ushbu EG.5.1 shtammi “omikron”dan paydo bo‘lgan. Variant ilk bor joriy yilning mart oyida aniqlangan edi. O‘tgan oylarda u Buyuk Britaniyada ham paydo bo‘ldi. Shu vaqtgacha shtamm shifokorlar xavotiriga sabab bo‘lmagan edi, biroq olimlarni uning tarqalish surʼati yuqoriligi va virus yuqtirganlar sonining o‘sishi xavotirga solmoqda.

 

Hindiston sog‘liqni saqlash vazirligi tarqatgan maʼlumotda aytilishicha, so‘nggi bir kunda mamlakatda 54 ta yangi koronavirus tashuvchisi aniqlangan. Mamlakat bo‘yicha jami kasallanganlar soni 1 ming 574 kishiga yetgan. Konsorsium rahbari va JSSTning viruslar evolyutsiyasi bo‘yicha maslahatchilar guruhi raisi Anurag Agravalning taʼkidlashicha, insonlarda immunitet pasaygan sari virus yuqtirish va yangi mutatsiyalar rivojlanish holatlarining vaqti-vaqti bilan ko‘payishi kuzatiladi.

custom img

Putinga istalgan mamlakatga hujum qilish vakolati berildi

Davlat Dumasi prezidentga rossiyaliklar ta’qibga uchrayotgan mamlakatlarga qo‘shin kiritish vakolatini beruvchi qonun loyihasini qabul qildi.

custom img

Qirg‘izistonda rus tilidagi qishloqlar nomi o‘zgartiriladi — Sadir Japarov

Mazkur jarayonni 2027-yilgacha yakunlash rejalashtirilgan.

custom img

Hind okeanida rohinja muhojirlari qayig‘i halokatga uchrab, 250 kishi bedarak yo‘qoldi

Shuningdek hodisa oqibatida bangladeshliklar va bolalar ham bedarak yo‘qolgan. Fojia rohinjalarning uzoq davom etayotgan majburiy ko‘chirilishi bilan bog‘lanmoqda.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"