Sport

Farrosh Messidan dastxat olgani uchun ishdan bo‘shatildi

U "Inter Mayami"ning so‘nggi o‘yinida farroshlik qilgan.

Farrosh Messidan dastxat olgani uchun ishdan bo‘shatildi

 

"Inter Mayami" stadionida ishlagan farrosh Leo Messidan dastxat olgani uchun ishdan bo‘shatildi. Bir yarim yildan beri Mayamida istiqomat qilayotgan kolumbiyalik Kristian Salamanka "Inter Mayami" stadionidagi so‘nggi o‘yinda farrosh bo‘lib ishlagan. Salamanka - sport tadbirlari va konsertlar o‘tadigan maydonlarni tozalash bilan shug‘ullanadigan kompaniya xodimi. U Messini ko‘rib, undan dastxat so‘ragan va buning uchun uni ishdan bo‘shatishgan.

 

"Avtobuslar to‘xtab turgan sektordagi hojatxonalarni tozalashim kerak edi. Baxtimga, avtobus to‘xtab, barcha o‘yinchilar tushishganida men tashqarida edim. Oxirgisi Messi edi. Menga: "Hey, jahon chempioni"! deb baqirishim kifoya edi. Va u o‘girilib qaradi. Ishchi ko‘ylagimning tugmalarini yechdim, tagida Argentina futbolkasi bor edi. Shundan so‘ng u dastxat yozib berdi. Keyin xavfsizlik xodimlari paydo bo‘ldi, ular meni olib chiqib ketishdi va ishdan bo‘shatishdi", - dedi Kristian.

 

Qayd etilishicha, stadion ishchilari (klubda yoki tashqi kompaniyada ishlashidan qatʼi nazar) ish vaqtida yulduzlar bilan suratga tushmaslik va ularning dastxatlarini olmaslik haqida ogohlantirilgan.

 

custom img

Meliqo‘ziyev ganalik raqibini texnik nokautga uchratdi

U shu tariqa WBA Continental Americas kamarini himoya qildi va 17-g‘alabasini qayd etdi.

custom img

“Darhol yo‘lga chiq”: Tramp Ronalduni AQSHga chaqirdi

Amerika rahbari Krishtianuni eng buyuk futbolchi deb atadi.

custom img

O‘zbekiston sportchilari qishki Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini medalsiz yakunladi

Mamlakat sharafini short-trekchi Daniil Yeybog va tog‘ chang‘ichisi Medet Nazarov himoya qildi.

custom img

Husanov transferidan keyin O‘zbekiston Manchester City uchun strategik bozorga aylandi

“Manchester Evening News” e’tirofiga ko‘ra, Abduqodir Husanovning Manchester Cityga transferi klub tarixidagi eng kuchli raqamli portlashlardan birini keltirib chiqardi: atigi bir necha hafta ichida O‘zbekiston “Siti”ning eng faol auditoriyasiga aylandi, millionlab muxlislar esa ingliz klubini global trendga olib chiqdi.

custom img

O‘zbekiston vakillari qishki Olimpiadadagi debyut ishtirokini yakunladi

Short-trekda Daniil Eybog 14-o‘rinni egalladi, tog‘ chang‘isida Medet Nazarov gigant-slalomda 50-pog‘onadan joy oldi.

custom img

FIDE Freestyle Jahon chempionati: Abdusattorov va Sindarov 4-turda mag‘lub bo‘ldi

O‘zbekistonlik grossmeysterlar Hans Niemann va Arjun Erigaisiga imkoniyatni boy berdi, keyingi turda esa ular o‘zaro bahs olib boradi.

custom img

"Al Nasr" Ronalduga vaziyatni barqarorlashtirishga va’da berdi

Klub rahbari iste’foga chiqarilishi mumkin.

custom img

Saudiya klublari Mohamed Salahni Ronalduning o'rniga tayyorlamoqda

Ronalduning yaqin orada ligani tark etishi mumkinligi haqidagi xabarlar fonida, Saudiya “Liverpool” yulduzining haftalik maoshini uch baravar oshirishni taklif qilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"