Sport

29 yoshli futbolchini timsoh yeb qo‘ydi

Politsiya marhumning jasadini olish uchun timsohni otgan.

29 yoshli futbolchini timsoh yeb qo‘ydi

 

"Deportivo Rio Kanyas" havaskorlar jamoasi futbolchisi Xesus Alberto Lopes Ortis vafot etdi. 29 yoshli erkak timsoh qurboniga aylandi, deb xabar berdi "The Sun". Fojia Guanakaste provinsiyasidagi Kanyas daryosida sodir bo‘lgan, tafsilotlar haqida xabar berilmagan. Nashrning yozishicha, politsiya marhumning jasadini olish uchun timsohni otgan.

 

"Deportivo Rio Kanyas" matbuot xizmati futbolchi chorshanba kuni dafn etilgani haqida xabar berdi.

 

"Bugun barchamiz uchun juda og‘ir kun. Seni murabbiy, futbolchi va ota sifatida ham eslab qolamiz. Sen doimo qalbimizda yashaysan", – deyiladi jamoa ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilgan xabarda. Marhum futbolchining ikki farzandi bor edi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"