Sport

Marselo raqibiga kuchli jarohat yetkazdi

Futbolchi ayni vaqtda sobiq jamoasida to‘p surmoqda.

Marselo raqibiga kuchli jarohat yetkazdi

 

"Real Madrid"ning sobiq futbolchisi, hozirda “Fluminense”da o‘ynayotgan Marselo Libertadores kubogi doirasidagi o‘yinda raqibiga dahshatli jarohat yetkazdi. U "Argentinos Juniors" futbolchisining oyog‘ini sindirdi. Mahalliy matbuotning yozishicha, jarohat olgan futbolchining tiklanishiga bir yilcha vaqt ketadi. Marseloning avvalgi klubi “Olimpiakos” edi. Braziliyalik futbolchi 2022-yilning sentabridan beri Gretsiya klubida to‘p surmoqda. U klubga “Real”dan o‘tgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"