Sport

Arteta "Arsenal" tarkibidan mamnun

Klub transfer oynasida uchta futbolchi sotib olgan.

Arteta "Arsenal" tarkibidan mamnun

 

“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoasining tarkibi haqida gapirib, bundan mamnun ekanligini va transfer oynasi hali ochiq bo‘lganligi sababli o‘zgarishlarga tayyor ekanligini taʼkidladi.

 

"Bizda 30 ta o‘yinchi bor, demak, hali ham ko‘p narsa o‘zgarishi mumkin. Bozor hali ham ochiq, biz esa bunga tayyormiz. Hozirgi jamoadan juda xursandmiz. Ochig‘i, o‘yin borasida o‘zgartirishlarni amalga oshirishimiz kerak. Umuman olganda, men jamoadan juda mamnunman", - dedi Arteta.

 

Eslatib o‘tamiz, “Arsenal” joriy transfer oynasida uchta xaridni amalga oshirdi, "kanonirlar" yarim himoyachilar Deklan Rays va Kay Xaverts va himoyachi Yourriyen Timberni sotib olishdi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"