Jahon

Turkiyaga fantastik sayohat

Turkiya sizni dunyoning turli burchaklaridan tashrif buyuruvchi sayyohlarni yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan Caretta Carettalari bilan kutib oladi.

Turkiyaga fantastik sayohat

 

O‘rta Yer dengizining barchaga sevimli dam olish maskanlari, oltin tusli qumlari, zilol suvlari, yorqin quyoshi va toza sohillarga ega bo‘lgan Turkiya, dunyoning turli burchaklaridan tashrif buyuruvchi sayyohlarni yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan Caretta Carettalari bilan kutib oladi. Haqiqatan ham, Caretta Carettalar ko‘payish hududlarining 99 foizi Turkiya va Kiprda joylashgan bo‘lib, nasl qoldirish davrida Caretta Carettalarga atrof-muhit omillarining salbiy taʼsirini oldini olish uchun Turkiyadagi 20 dan ortiq sohillar himoyalangan.

 

Har yili may va avgust oylari davomida tabiatni sevuvchilar yovvoyi tabiatni kuzatish maqsadida, Turkiyadagi sohillarga tuxum qo‘yish uchun chiqqan noyob dengiz jonzotlarining quruqlikdagi g‘aroyib sayohatlariga guvoh bo‘lishlari mumkin. Belek, Patara, Go‘ksu, Ko‘yjeg‘iz-Dalyan, Fethiye-Go‘jek kabi sohillar muhofaza qilingan sohillar qatoriga kiradi. Dalyandagi Iztuzu sohili Caretta Carettalar tomonidan eng ko‘p afzal ko‘rilgan sohillardan biridir.

 

Iztuzu: Caretta Carettalarning sevimli manzili

 

Iztuzu Turkiyaning Sittaslov (sekin shahar) bo‘lgan Ko‘yjeg‘izda, Marmaris va Fethiye o‘rtasida joylashgan. Caretta Carettalarning ko‘payish mavsumida dengiz toshbaqalari sarguzashtlariga guvoh bo‘lish uchun unutilmas sarguzashtlar taqdim etuvchi Iztuzu sohili soat 20:00 dan 08:00 gacha yopiq.

 

Sayyohlar soat 20:00 atrofida sohilni tark etgandan so‘ng, sohil Caretta Carettalar ixtiyoriga qoldiriladi. Ayni paytda esa, polapon toshbaqalar qobig‘idan chiqib, uyalarini tark etib, dengiz tomon talpinadilar. Dam oluvchilar kunduzi sohilning soyabonlari va kreslolaridan istalgancha foydalanishlari mumkin bo‘lsada, “ko‘payish hududi”da bunga ruxsat berilmaydi. Sohilda tadqiqot, qutqaruv va reabilitatsiya markazi ham mavjud bo‘lib, u yerda hasta va jarohatlangan toshbaqalar davolanadi va dengizga qaytariladi. Kirish va chiqish nuqtalari nazorat ostida bo‘lgan ushbu sohilda olib borilgan himoya ishlari tufayli Caretta Carettalar populyatsiyasi so‘nggi yillarda sezilarli darajada ortdi.

 

Chuchuk suv va dengiz suvi orasidagi noyob sohillardan biri bo‘lgan Iztuzu sohili, o‘zining qumli qirg‘og‘i hamda yashil va moviyni uyg‘unlashtirgan moʻjizaviy manzarasi bilan o‘z mehmonlariga tabiat qo‘ynidagi dam olish tajribasini taqdim etadi. Yevropaning eng yaxshi sohillaridan biri deb qabul qilingan Iztuzuda piyoda yurish, toqqa chiqish, sohil voleyboli va futbolidan bahramand bo‘lishingiz mumkin. Dalyandagi IV asrga oid Kaunos qadimiy shahri, Iztuzuga taʼtil va Caretta Carettalarni kuzatish uchun kelgan sayyohlarning tez-tez tashrif buyuradigan joylaridan biridir.

 

Тarixiy qoldiqlar va Caretta Carettalar: Patara sohili

 

Turkiyadagi eng uzun (18 km) sohillardan biri bo‘lgan Patara ham Caretta Carettalar uchun ajralmas hayot manbaidir. Pataraning keng sohilida O‘rta Yer dengizi quyoshi, shabadasi va moviy suvlardan bahramand bo‘lish bilan birga, Caretta Carettalarni kuzatganingizdan so‘ng, qadimgi Pataraning qadimiy shahri bilan qiziqarli vaqt sayohatiga chiqishingiz mumkin. Likiya Ligasining tarixiy poytaxti bo‘lgan Patara butun Ellinistik, Rim va Vizantiya davrlarida ham o‘z obro‘sini saqlab qoldi. U Parlament binosi va teatr kabi monumental inshootlari bilan ajralib turadi.

custom img

Putinga istalgan mamlakatga hujum qilish vakolati berildi

Davlat Dumasi prezidentga rossiyaliklar ta’qibga uchrayotgan mamlakatlarga qo‘shin kiritish vakolatini beruvchi qonun loyihasini qabul qildi.

custom img

Qirg‘izistonda rus tilidagi qishloqlar nomi o‘zgartiriladi — Sadir Japarov

Mazkur jarayonni 2027-yilgacha yakunlash rejalashtirilgan.

custom img

Hind okeanida rohinja muhojirlari qayig‘i halokatga uchrab, 250 kishi bedarak yo‘qoldi

Shuningdek hodisa oqibatida bangladeshliklar va bolalar ham bedarak yo‘qolgan. Fojia rohinjalarning uzoq davom etayotgan majburiy ko‘chirilishi bilan bog‘lanmoqda.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"