Jahon

Ukrainada 47 ming rus askari halok bo'ldi

Og'ir yaradorlarni hisobiga Rossiyaning yo'qotishlari kamida 125 ming kishini tashkil qilishi mumkin.

Ukrainada 47 ming rus askari halok bo'ldi

 

Ukrainaga keng ko'lamli bostirib kirishda 47 ming rus askari halok bo'ldi. Meduza va Mediazona jurnalistlari Rossiyada 2022-yilda ortiqcha o‘lim holatlari statistikasini tahlil qilib, shunday xulosaga kelishdi.

 

Ularning tadqiqotlari shuni ko'rsatdiki, urushning 15 oyi davomida Ukrainadagi rus armiyasining yo'qotishlari 95 foiz ehtimollik bilan 40 dan 55 ming kishigacha bo'lgan.

 

Ushbu ma'lumotlar hozirgi qarshi hujum paytida halok bo'lganlarni hisobga olmaydi. Og'ir yaradorlarni hisobga olsak, Rossiyaning yo'qotishlari kamida 125 ming kishini tashkil qilishi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"