Jahon

Meta Twitterning analogini ishga tushirdi

Twitterga raqobatchi sifatida ishga tushirilgan ilovadan bir necha soat ichida besh milliondan ortiq akkaunt ro‘yxatga olingan.

Meta Twitterning analogini ishga tushirdi

 

Facebook va Instagramga egalik qiluvchi Amerikaning Meta kompaniyasi 6-iyulga o‘tar kechasi Twitterning asosiy raqobatchisiga aylanishi kerak bo‘lgan Threads matnli xizmatini ishga tushirdi. Meta Twitterga o‘xshash interfeysga ega bo‘lgan yangi xizmat 500 ta belgigacha bo‘lgan xabarlarni, shuningdek, 5 daqiqagacha bo‘lgan fotosuratlar va videolarni joylashtirish imkonini berishini e’lon qildi.

 

Instagram jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan ilovaning oʻzi oʻzini ijtimoiy tarmoqning kengaytmasi sifatida koʻrsatadi:

 

“Treads boʻyicha bizning qarashimiz Instagram eng yaxshi qiladigan narsani olish va uni matnga kengaytirish, gʻoyalaringizni ifodalash uchun ijobiy va ijodiy maydon yaratishdir”, — deyiladi kompaniya press-relizida.

 

Qayd etilishicha, 6-iyuldan boshlab ilova 100 dan ortiq mamlakatlarda, jumladan AQSh, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Kanada va Yaponiyada App Store va Google Play’dan yuklab olish mumkin. “TASS”ning yozishicha, Threads Rossiyada ham mavjud, biroq u faqat VPN bilan ishlaydi.

 

Shuningdek, xizmat Yevropa Ittifoqida hali ishlamaydi. Instagram bosh direktori Adam Mosseri The Verge nashriga bu qarorga 2024-yilda kuchga kirishi kerak bo‘lgan ba’zi Yevropa qonunlari sabab bo‘lganini aytdi. Meta asoschisi Mark Sukerbergning so‘zlariga ko‘ra, ishga tushirilgandan keyingi dastlabki to‘rt soat ichida ilovada besh milliondan ortiq akkaunt ro‘yxatga olingan.

 

Ayni damda Threadsning ishga tushirilishi Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask ijtimoiy tarmoqni 2022-yilning kuzida sotib olganidan keyin Twitter’da sodir bo‘layotgan voqealar bilan bog‘liq. Mask boshchiligida Twitter foydalanuvchilarning turlicha munosabatiga sabab bo‘lgan bir qator o‘zgarishlarga duch keldi, xususan, mikrobloglar xizmati ko‘proq pullik obunachilarga e’tibor qaratishga qaror qildi.

custom img

Epshteyn fayllarida Trampga aloqador hujjatlar yo‘qolgan — CNN

Yo‘qolgan hujjatlar orasida Trampni jinsiy tajovuzda ayblovchi guvoh bilan bog‘liq 3 ta intervyular bo‘lgan.

custom img

AQSh Isroilga F-22 qiruvchi samolyotlarini joylashtirmoqda

Dastlab 12 ta samolyot yuborilgan, ammo ulardan biri texnik nosozlik sababli qaytib kelgan.

custom img

Urush meni “do‘stlari yo‘q inson”ga aylantirdi — Zelenskiy

Ukraina prezidenti urush sharoitida faqat muhim va strategik masalalarga eʼtibor qaratishga majbur bo‘lganini taʼkidladi.

custom img

Bill Geyts Epshteyn bilan aloqalari uchun uzr so‘radi

U Epshteyn bilan vaqt o‘tkazish katta xato bo‘lganini aytgan.

custom img

Kim Chen In 13 yoshli qizini KXDR yadro kuchlari dasturi rahbari etib tayinladi — The Chosun Daily

U strategik qurollar bilan bog‘liq jarayonlarda faol ishtirok etib, generallardan hisobotlar qabul qilmoqda

custom img

Ukrainani tiklash salkam 600 mlrd dollarga tushadi

Mablag‘ning ko‘p qismi urushdan keyingi davrda transport sohasini tiklashga yo‘naltiriladi.

custom img

Sadir Japarov bosh vazir o‘rinbosari va sog‘liqni saqlash vazirini lavozimidan ozod qildi

Qirg‘iziston hukumatida yana kadrlar o‘zgarishi amalga oshirildi.

custom img

Pavel Durov terrorizmga yordam berganlikda ayblanmoqda — OAV

2022 yildan buyon Telegram messenjer bilan bog‘liq 153 mingdan ortiq jinoyat qayd etilgan bo‘lib, ularning 33 mingtasi terroristik va ekstremistik xususiyatga ega.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"