Turkiyaning xayolingizga ham kelmagan tomonlari

Turkiyada dam olish haqidagi bilgan barcha maʼlumotlaringizni unuting. Bodrum – mutlaqo boshqa Turkiya.

Turkiyaning xayolingizga ham kelmagan tomonlari

 

Turkiyada dam olish haqidagi bilgan barcha maʼlumotlaringizni unuting. Bodrum –  mutlaqo boshqa Turkiya. Bu Yevropa ziyolilari dam oladigan haqiqiy premium darajadagi kurort. Egey dengizi qirg‘og‘idagi ushbu ertakni «Kichik Gretsiya» deb ham atashadi – bandargoh go‘zalligi, shaffof dengiz suvi, ajoyib plyajlar, autentik shahar kvartallari, mazali taomlar va betakror kolorit. Shuningdek, Bodrumda hatto mavsum avjiga chiqqan vaqtda ham jazirama kuzatilmaydi, havo Antaliyadagiga nisbatan ancha quruq va harorat ham yengil. Bu yerda doimo shamol esib turadi va shuning uchun kurort surfing ishqibozlari uchun ideal joy hisoblanadi.

 

Taraqqiyot izlari, shoping va Bodrum

 

Bodrum qadimiy Galikarnas shahrining o‘rnida joylashgan. Ushbu shaharning ko‘chalari qadimiy taraqqiyot izlariga boy. Qiziqarli ekskursiyalardan keyin Bodrumni o‘rganishni boshlash mumkin – bu gastrostalker va gurmanlar uchun “Eldorado”dir. Bu yerda autentik oilaviy kafe va restoranlar juda ko‘p. Ularning barchasiga bir taʼtilning o‘zida tashrif buyurishning iloji yo‘q. Ammo sizda o‘zingiz uchun top-10 eng “mazali” joylar ro‘yxati shakllanishi aniq. Mashhur turkcha sho‘rva, kabob, kotlet (ko‘fte) va afsonaviy turk shirinliklari – bu yerda hammasi juda mazali va did bilan tayyorlangan.

 

Maroqli sayr va mazali yeguliklardan so‘ng, shopingni boshlasangiz ham bo‘ladi. Bu yerda u ham yoqimli va o‘zgacha koloritga ega. Urfdagi “brend” do‘konlarga ega ko‘chalar va yirik savdo markazlari mavjud. Lekin, qo‘l bilan ishlangan bezaklar, tabiiy teridan bo‘lgan buyumlar va dizaynerlik to‘plamlariga ega rastalar ancha qiziqarliroqdir. Har bir xarid sizga keyinchalik Egey dengizi qirg‘og‘ida o‘tkazilgan yoqimli kunlarni eslatib turishi shubhasiz.

 

custom img

Putinga istalgan mamlakatga hujum qilish vakolati berildi

Davlat Dumasi prezidentga rossiyaliklar ta’qibga uchrayotgan mamlakatlarga qo‘shin kiritish vakolatini beruvchi qonun loyihasini qabul qildi.

custom img

Prezident Madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi

Shavkat MIrziyoyev el-yurtga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan san’at ustalari va yosh ijrochilarga, barcha soha xodimlariga fidokorona mehnati uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

custom img

Qirg‘izistonda rus tilidagi qishloqlar nomi o‘zgartiriladi — Sadir Japarov

Mazkur jarayonni 2027-yilgacha yakunlash rejalashtirilgan.

custom img

Hind okeanida rohinja muhojirlari qayig‘i halokatga uchrab, 250 kishi bedarak yo‘qoldi

Shuningdek hodisa oqibatida bangladeshliklar va bolalar ham bedarak yo‘qolgan. Fojia rohinjalarning uzoq davom etayotgan majburiy ko‘chirilishi bilan bog‘lanmoqda.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

Tarixiy g’alaba: Javohir Sindarov muddatidan avval g‘alaba qozondi

20 yoshli Sindarov jahon chempioni unvoni uchun kechadigan bahsda Dommaraju Gukeshga qarshi o‘ynaydi.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"