Jahon

Yevroittifoq Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar muhokamasini boshladi

Aʼzo davlatlar o‘rtasidagi turli fikrlar va qarashlar tufayli muhokama uzoq davom etishi mumkin.

Yevroittifoq Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar muhokamasini boshladi

 

Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar 10 may kuni Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarning birinchi muhokamasini boshladi. Biroq muzokaralar cho‘zilib ketishi mumkin, deb yozadi “Reuters”.

 

Baʼzi davlatlar sanksiyalarni juda yumshoq deb hisoblasa, boshqalari esa xalqaro aloqalariga putur yetkazishdan qo‘rqishadi. Bir qator diplomatlar taʼkidlaganidek, keng ko‘lamli turlicha qarashlar yaqin orada kelishuv kutilmasligini bildiradi.

 

Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Leyen 9 may kuni Kiyevda yangi sanksiyalar Rossiyaning mavjud savdo cheklovlarini chetlab o‘tishni to‘xtatishga qaratilganini va G7 davlatlari bilan yaqin hamkorlikda ishlab chiqilganini aytdi.

 

“Agar biz tovarlar Yevropa Ittifoqidan uchinchi davlatlarga chiqib ketib, keyin Rossiyaga kirayotganini ko‘rsak, bunga chora ko‘rishimiz kerak", — deydi Yevrokomissiya rahbari.

custom img

Putinga istalgan mamlakatga hujum qilish vakolati berildi

Davlat Dumasi prezidentga rossiyaliklar ta’qibga uchrayotgan mamlakatlarga qo‘shin kiritish vakolatini beruvchi qonun loyihasini qabul qildi.

custom img

Qirg‘izistonda rus tilidagi qishloqlar nomi o‘zgartiriladi — Sadir Japarov

Mazkur jarayonni 2027-yilgacha yakunlash rejalashtirilgan.

custom img

Hind okeanida rohinja muhojirlari qayig‘i halokatga uchrab, 250 kishi bedarak yo‘qoldi

Shuningdek hodisa oqibatida bangladeshliklar va bolalar ham bedarak yo‘qolgan. Fojia rohinjalarning uzoq davom etayotgan majburiy ko‘chirilishi bilan bog‘lanmoqda.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Yevroittifoq Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar muhokamasini boshladi