Jahon

Sayohatga otlanayotganlar uchun lifehack

Yoz – sayohatlar mavsumi. Issiq havoda odamning ofisda o‘tirib ishlagisi emas, balki dengiz sohilida toblangisi keladi. Ammo sayohatni rejalashtirish uchun yoz kelishini kutib o‘tirish shart emas.

Sayohatga otlanayotganlar uchun lifehack

 

Yoz – sayohatlar mavsumi. Issiq havoda odamning ofisda o‘tirib ishlagisi emas, balki dengiz sohilida toblangisi keladi. Ammo sayohatni rejalashtirish uchun yoz kelishini kutib o‘tirish shart emas.

 

Hozirdanoq harakatni boshlash ancha mablag‘ tejashga imkon beradi.  Bugun sayohatni rejalashtirishda asqatishi mumkin bo‘lgan lifehack‘lar bilan bo‘lishamiz.

 

1. Imkon qadar tungi safarlarni tanlang

 

Avtobus yoki poyezdlarda tungi safar xarajatlarni ancha kamaytiradi. Odatda bunday reyslarga chipta narxi pastroq bo‘ladi, buning ustiga mehmonxonada qolish uchun bir kun kamroq pul to‘laysiz.

 

Internetda arzon chiptalar topib berish xizmatlari talaygina. O‘zingizga qulay biror bir xizmatiga obuna bo‘lsangiz, sizga kerakli yo‘nalish narxlari tushgani haqida maʼlumot olishingiz mumkin.  Bundan tashqari, chipta olayotganda yangiliklarga ulansangiz, reysingiz borligini esingizdan chiqarib qo‘ymaysiz.

 

2. Mehmonxona sirlari

 

Mehmonxonaga kelish kuni qanchalik yaqin bo‘lsa, narxlar ham tushish ehtimoli yuqori. Chunki mehmonxona uchun ham xonasi bo‘sh turganidan arzonroqqa bo‘lsa ham bergani foydaliroq. 

 

3. Qaytarilmaydigan chipta pulini qaytarishni o‘rganing

 

Agar rejalaringiz kutilmaganda o‘zgarib qolsa va chiptani qaytarish kerak bo‘lib qolsa, quyidagilarni inobatga oling:

—Reys bekor qilinsa,

—Puli to‘langan reysga sizni qo‘yishmasa,

—Reys kechga qolsa va bu rejalaringizga taʼsir qilsa,

—O‘zingiz yoki yaqin qarindoshingiz kasal bo‘lib, ucha olmay qolsangiz,

—Oila aʼzolaringizdan kimdir vafot etsa,

—Uchishdan voz kechsangiz, uxlab qolsangiz, chipta pulini qaytarishga urinib ko‘rishingiz kerak.

 

Buning uchun avval aviakompaniya bilan bog‘lanib chiptani bekor qilasiz, keyin kerakli hujjatlarni yig‘asiz. Ammo turli kompaniyalar chipta pulini qaytarishda turlicha siyosat yuritadi.

 

4. 1 yo‘lovchi uchun chipta izlang

 

Agar oila aʼzolaringiz yoki do‘stlaringiz bilan sayohatga otlanayotgan bo‘lsangiz, chipta izlashda bir kishi uchun izlang.  Gap shundaki, ayrim aviakompaniyalar bir necha yo‘lovchi bo‘lganda yuqoriroq klass taklif qilishi mumkin. Bu esa, albatta, chipta narxiga taʼsir qilmay qo‘ymaydi.

 

5. Chiptalarni “inkognito” rejimida sotib oling

 

Agar siz bir aviakompaniya saytiga bir necha marta kirib, bir xil yo‘nalishga chipta izlasangiz, u har safar qimmatlashib ketishi mumkin. Chunki aviakompaniya sizning maʼlumotlaringizni saqlab qo‘yadi va ehtiyojingizni biladi. Aynan shu yo‘nalishda, aynan shu kunga boshqa chipta topa olmagach, uning qimmat chiptasini xarid qilishingizni ham biladi.

 

Agar brauzeringizdagi “inkognito” rejimi yoqilgan bo‘lsa, shaxsiy maʼlumotlaringiz aviakompaniya bazasiga tushmaydi.

 

custom img

Putinga istalgan mamlakatga hujum qilish vakolati berildi

Davlat Dumasi prezidentga rossiyaliklar ta’qibga uchrayotgan mamlakatlarga qo‘shin kiritish vakolatini beruvchi qonun loyihasini qabul qildi.

custom img

Qirg‘izistonda rus tilidagi qishloqlar nomi o‘zgartiriladi — Sadir Japarov

Mazkur jarayonni 2027-yilgacha yakunlash rejalashtirilgan.

custom img

Hind okeanida rohinja muhojirlari qayig‘i halokatga uchrab, 250 kishi bedarak yo‘qoldi

Shuningdek hodisa oqibatida bangladeshliklar va bolalar ham bedarak yo‘qolgan. Fojia rohinjalarning uzoq davom etayotgan majburiy ko‘chirilishi bilan bog‘lanmoqda.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"