Jahon

AQSH federal qarzi bo‘yicha potensial defolt halokatli bo‘ladi — Jo Bayden

Jurnalistlar Baydenni "siquvga oldi".

AQSH federal qarzi bo‘yicha potensial defolt halokatli bo‘ladi — Jo Bayden

 

Oq uydagi jurnalistlar undan vakillar palatasi spikeri Kevin Makkartining mamlakatda defolt bo‘lishi mumkinligini tan oluvchi so‘zlariga izoh berishni so‘rashdi. 

 

"Men spiker Makkarti nima deb o‘ylayotganini bilmayman. Menimcha, u yaxshiroq biladi. Menimcha, u defolt halokatli bo‘lishini biladi. Va menimcha, u maʼqullagan narsa Kongressdan o‘tmasligini biladi", — deb javob berdi Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti.

 

Bayden Makkartining byudjet xarajatlarini sezilarli darajada qisqartirish bilan birga mamlakatning qarz chegarasini oshirish rejasi haqida gapirdi. Bu tashabbus aprel oyi oxirida respublikachilar nazoratidagi Vakillar palatasi tomonidan qabul qilingan edi. Mutaxassislarning ishonchi komilki, demokratlar nazoratidagi Kongress Senati bu taklifni qo‘llab-quvvatlamaydi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"