Jahon

Qatar va Bahrayn 6 yillik “araz”ni unutdi

Ikki davlat 2017-yilda uzilgan diplomatik munosabatlar qayta tiklanganini eʼlon qildi.

Qatar va Bahrayn 6 yillik “araz”ni unutdi

 

Bu Bahrayn-Qatar qo‘mitasining Ar-Riyoddagi fors ko‘rfazi Arab davlatlari hamkorlik Kengashi bosh kotibiyatining shtab-kvartirasida bo‘lib o‘tgan ikkinchi yig‘ilishida maʼlum qilindi

 

"Birlashgan Millatlar tashkiloti Ustavi va 1961 yildagi vena diplomatik aloqalar shartnomasi qoidalariga muvofiq ikki mamlakat o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarni tiklash to‘g‘risida qaror qabul qilindi", — deyiladi BNA agentlik bayonotida.

 

Eslatib o‘tamiz, salkam 6 yil avval Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Birlashgan Arab Amirliklari va Misr Qatarni terrorizmni qo‘llab-quvvatlashda ayblab, u bilan diplomatik aloqalarini uzgan va transport blokadasi o‘rnatgan edi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"