Jahon

Italiyada migrantlar oqimi ko‘pligi sababli favqulodda holat eʼlon qilindi

Mamlakatga yil boshidan buyon dengiz orqali 30 mingdan ortiq muhojir kelgan.

Italiyada migrantlar oqimi ko‘pligi sababli favqulodda holat eʼlon qilindi

 

Italiya hukumati muhojirlar oqimi ko‘pligi va janubiy viloyatlar ularni qabul qilishda katta qiyinchiliklarga duch kelayotgani sababli favqulodda holat eʼlon qildi. Bu haqda ANSA xabar berdi.

 

Fuqarolik mudofaasi va dengiz siyosati vaziri Nello Muzumechining taklifi bilan qabul qilingan qaror Vazirlar Kengashi tomonidan tasdiqlandi va olti oyga 5 million yevro ajratilishini nazarda tutadi.

 

Ichki ishlar vazirligining rasmiy maʼlumotlariga ko‘ra, yil boshidan buyon dengiz orqali 30 mingdan ortiq muhojir kelgan. Bu ko‘rsatkich 2022 yil boshidagi ko‘rsatkichdan 4 barobar ko‘proqdir. 7-10 aprel kunlari O‘rta yer dengizida o‘tkazilgan operatsiya davomida Kalabriya va Sitsiliya qirg‘oqlarida 3 mingga yaqin muhojir qutqarib olindi. Tunisdan kelayotgan migrantlarning aksariyati Afrika davlatlaridan kelganlar. U yerdan siyosiy va iqtisodiy beqarorlik tufayli ular o‘nlab chaqirim uzoqlikda joylashgan Italiyaning janubiy qirg‘oqlariga ko‘chib o‘tmoqda.

 

Italiya hukumatining maqsadi – noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"