Jahon

Yevrozonada inflyatsiya pasaydi

Yevropa Markaziy banki inflyatsiyani yiliga 2 foizga tushirishni maqsad qilgan.

Yevrozonada inflyatsiya pasaydi

 

Eurostat maʼlumotlariga ko‘ra, umumiy valyutaga ega mamlakatlarda mart oyida u 6,9 foizni tashkil qiladi. Bu fevral oyidagi 8,5 foizga nisbatan sezilarli darajada past. Bu, asosan, energiya narxining 0,9 foizga pasayishi bilan bog‘liq.

 

Biroq boshqa mahsulotlarning narxi o‘sishda davom etmoqda. Xususan, oziq-ovqat, alkogol va tamaki mahsulotlari narxlari 15,4 foizga o‘sdi.

 

Iqtisodiyot bo‘yicha Yevropa komissari narxlar o‘sishining sekinlashishidagi umumiy tendensiyani olqishladi.

 

“Yevrozona hududida inflyatsiya keskin pasaydi. Bu yaxshi yangilik. Lekin asosiy inflyatsiya yuqoriligicha qolmoqda. Yaʼni oziq-ovqat va xizmatlar buning taʼsiri ostida qolmoqda” — deb yozdi Paolo Jentiloni Twitterda.

 

Oziq-ovqat va energiya narxlarining o‘zgaruvchanligini hisobga olmaganda, bu asosiy inflyatsiya biroz ko‘tarilib, 5,7 foizga yetdi.

 

Xabarda Yevropa Markaziy banki inflyatsiyani yiliga 2 foizga tushirishni maqsad qilgani qo‘shimcha qilingan.

 

custom img

Putinga istalgan mamlakatga hujum qilish vakolati berildi

Davlat Dumasi prezidentga rossiyaliklar ta’qibga uchrayotgan mamlakatlarga qo‘shin kiritish vakolatini beruvchi qonun loyihasini qabul qildi.

custom img

Qirg‘izistonda rus tilidagi qishloqlar nomi o‘zgartiriladi — Sadir Japarov

Mazkur jarayonni 2027-yilgacha yakunlash rejalashtirilgan.

custom img

Hind okeanida rohinja muhojirlari qayig‘i halokatga uchrab, 250 kishi bedarak yo‘qoldi

Shuningdek hodisa oqibatida bangladeshliklar va bolalar ham bedarak yo‘qolgan. Fojia rohinjalarning uzoq davom etayotgan majburiy ko‘chirilishi bilan bog‘lanmoqda.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"