Jahon

Qora dengizda urib tushirilgan AQSH droni: Amerika-Rossiya to‘qnashuvi yuz beradimi?

Kecha Rossiyaning CU-27 qiruvchi samolyoti AQSHning MQ-9 Reaper droni bilan to‘qnashgani to‘g‘risida xabar tarqaldi. Keyinchalik bu ham Vashington, ham Moskva tomonidan tasdiqlandi.

Qora dengizda urib tushirilgan AQSH droni: Amerika-Rossiya to‘qnashuvi yuz beradimi?

 

Kecha Rossiyaning SU-27 qiruvchi samolyoti AQSHning MQ-9 Reaper droni bilan to‘qnashgani to‘g‘risida xabar tarqaldi. Keyinchalik bu ham Vashington, ham Moskva tomonidan tasdiqlandi.

 

AQSH tomoni Rossiyani uchuvchisiz qurilmani urib tushirishda aybladi. RF mudofaa vazirligi o‘z navbatida dron samolyot bilan to‘qnashmagani va o‘zi qulab tushganini iddao qilmoqda.

 

Amerikaning urushni o‘rganish instituti (ISW) ekspertlarining fikricha, bu ikki davlatning harbiy to‘qnashuviga olib kelmaydi.

 

“Hodisa Rossiya va AQSHning to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuviga olib boradigan eskalatsiyaga olib kelmaydi. Rossiya kuyalari o‘n yillar davomida va turli harbiy mojarolarda AQSH va uning ittifoqchilari samolyot hamda kemalarini qo‘rqitib kelgan, bu hech qanday nizoga olib bormagan”, – deyiladi tahlilchilar hisobotida.

 

ISW xulosasiga ko‘ra, ikki davlat prezidentlari bu kabi hodisalarga qanday munosabat bildirishni o‘zlari hal qilishadi. Bayden ham, Putin ham bir necha Rossiya-NATO to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuvidan manfaatdor emasligini aytgandi.

 

MQ-9 Reaper haqida nimalar maʼlum?

 

Amerikaning Washington Post gazetasi Qora dengiz ustida urib tushirilgan dron haqida ayrim maʼlumotlarni eʼlon qildi:

Bu qurilmalar AQSH harbiy-havo kuchlari tomonidan razvedka, kuzatuv, qutqaruv va aniq zarbalar berishda foydalaniladi. Bundan oldin undan Iroq, Afg‘oniston va Suriyada ishlatilgan;

Dronni masofadan turib ikki kishi boshqaradi. Ular AQSHning 17 shtatida joylashgan 20 harbiy bazadan birida joylashgan;

MQ-9 Reaper lazerdan boshqariladigan 8 ta raketa va 16 ta Hellfire raketalarini olib yurishi mumkin. Unga 5600 litr yoqilg‘i quyish mumkin, dron 15 kilometr balandlikda ucha oladi;

2007 yildan boshlab General Atomics kompaniyasi ushbu qurilmalarni ishlab chiqara boshlagan, Amerika harbiy-havo kuchlari 360 ta MQ-9 Reaper‘ga buyurtma bergan;

Dron qiymati 30 million dollar; uzunligi 11 metr, qanotlari kengligi 20 metr, 1.7 tonna yuk ko‘tara oladi;

 

Uchuvchisiz qurilma infraqizil sensor, kamera va lazerli mo‘ljalga olish tizimi bilan jihozlangan.

 

Rossiya dron qoldiqlarini o‘rganadimi?

 

Oq uyning milliy xavfsizlik kengashi vakili Jon Kirbi Qora dengizda qulagan dron “begona qo‘llarga tushmasligi uchun hamma narsa” qilinayotganini aytdi.

 

“Albatta, bizdan tashqari yana kimdir unga yetib olishini istamaymiz”, – degan u.

 

Bundan oldin Pentagon rasmiy vakili Patrik Rayder MQ-9 Reaper Rossiya harbiylari qo‘liga tushmaganini maʼlum qilgandi.

 

Kecha RFning harbiy mavzuga ixtisoslashgan Telegram kanallarida bir qancha odamlarning dengiz tubidan dron olib chiqayotgani to‘g‘risida audioyozuvlar tarqalgandi. Ammo bu maʼlumotlar rasman tasdiqlanmadi.

custom img

Putinga istalgan mamlakatga hujum qilish vakolati berildi

Davlat Dumasi prezidentga rossiyaliklar ta’qibga uchrayotgan mamlakatlarga qo‘shin kiritish vakolatini beruvchi qonun loyihasini qabul qildi.

custom img

Qirg‘izistonda rus tilidagi qishloqlar nomi o‘zgartiriladi — Sadir Japarov

Mazkur jarayonni 2027-yilgacha yakunlash rejalashtirilgan.

custom img

Hind okeanida rohinja muhojirlari qayig‘i halokatga uchrab, 250 kishi bedarak yo‘qoldi

Shuningdek hodisa oqibatida bangladeshliklar va bolalar ham bedarak yo‘qolgan. Fojia rohinjalarning uzoq davom etayotgan majburiy ko‘chirilishi bilan bog‘lanmoqda.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"