Xalqaro gumanitar tashkilot: “Yordam chegaraning har ikki tarafiga birday kerak”

Turkiya va Suriyadagi dahshatli zilzilaga 1 oy bo‘ldi.

Xalqaro gumanitar tashkilot: “Yordam chegaraning har ikki tarafiga birday kerak”

 

Turkiyaning Suriya bilan chegaradosh janubi-sharqiy hududlarida dahshatli zilzila yuz berganiga bir oy bo‘ldi. Hududda hali ham yordam yetishmayapti.

 

7,7 va 7,6 magnitudali zilzila minglab uylarni yer bilan yakson qildi. 6 fevraldagi zilziladan so‘ng 2,7 mln odam o‘z uyini tashlab ketishga majbur bo‘lgan. Uylar yo butunlay vayron bo‘lgan yoki xavfli ahvolga kelib qolgan.

 

Ammo tabiiy ofatdan omon qolish hali yo‘lning boshi edi. Qishning sovuq kunlarida boshpanasiz, infratuzilmasi butunlay vayron bo‘lgan va ichimlik suvi ham yo‘q bo‘lgan vaziyatda yashab qolish odamlarning asosiy missiyasiga aylandi.

 

Jahon hamjamiyati yordami

 

Hududdagi xalqaro gumanitar missiyalardan biri – Xalqaro qutqaruv qo‘mitasidir. Uning vakillari hududda bir necha yildan beri faoliyat yuritadi. Dastlab Suriyadagi harbiy mojaro tufayli ularning yordami kerak bo‘lgan, endi esa ikki mamlakat chegarasidagi zilzilalar seriyasi tufayli yordam odatdagidan ham ko‘proq zarur. Hududga yuborilayotgan xalqaro yordam yetarlimi? Bugungi kundagi ahvol qanday?

 

“Bugun omon qolganlarning bazaviy talablari oldingidek. Gap boshpana, oziq-ovqat, dori-darmon, sanitar jihozlar, ichimlik suvi va ro‘zg‘ordagi elementar narsalar haqida. Zilzila oqibatida 2,7 mlnga yaqin odam boshpanasiz qoldi. Ammo bunday katta oqimni vaqtincha yashash markazlariga joylashtirish imkonsiz. Va bugun odamlar shunchaki xavfsiz joy topib, endi qanday yashashni o‘ylashiga urinmoqda. Ko‘pchilik vaqtinchalik boshpana va chodirlarda yashamoqda”, — deydi Xalqaro qutqaruv qo‘mitasi koordinatori Jennifer Xiggins.

 

Suriyaning jabrlangan hududlariga yo‘l hamon yopiq

 

Urush tufayli bir necha yil oldin uysiz qolgan suriyalik qochqinlar yana avvalgi ahvoliga kelib qoldi.

 

Suriya shimoli-g‘arbida zilziladan oldin ham gumanitar ehtiyojlar rekord darajada edi. Hudud aholisining 90 foizi bo‘lgan 4,1 mln inson hayoti gumanitar yordamga bog‘liq edi. Ularning yarmi zilziladan oldin ko‘chirilgan shaxslardir. Shuning uchun Suriya shimoli-g‘arbida tabiiy ofatdan oldin va undan keyingi holatni taqqoslashning imkoni yo‘q.

 

Buning ustiga mamlakat g‘arbi qarshilik harakati nazorati ostida ekani muammoni yana-da murakkablashtiradi. Hukumat nazorati ostidagi hududlar bilan bu hududlarning hech qanday aloqasi yo‘q, yuborilayotgan xalqaro yordamning bari Turkiya tomonidan yagona o‘tkazish chegara punkti orqali yetkaziladi. Gumanitar ofatga nisbatan yetkazib berish sharoiti qanchalik miqyosda?

 

“Biz jumladan Turkiyani qo‘llab-quvvatlash uchun umummilliy kuchlar birlashganiga guvoh bo‘ldik. Mamlakat qattiq jabr ko‘rdi, janubi-sharqiy shaharlar butunlay vayron bo‘ldi. Bu yerga qutqaruv-qidiruv jamoalari yordam berish uchun yetib keldi. Hozir xalqaro homiylar aholini samarali moliyalashtirish yo‘llarini izlamoqda. Ammo yordam chegaraning ham ikki tarafiga birday zarur. Yaxshi hamki, yukni yetkazib berish uchun qo‘shimcha ikkita chegara punkti ochildi”, — deydi Jennifer Xiggins, Xalqaro qidiruv qo‘mitasi koordinatori.

 

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, ayrim mahsulotlarni yetkazib berishda muammo  tug‘ilishi aniq. Masalan qochqinlar uchun chodirlar dengiz orqali jabr ko‘rgan hududga to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib kelinadi. Turkiya ko‘plab mahsulotlarning ishlab chiqaruvchisi va yetkazib beruvchisi bo‘lgani tufayli uning o‘z ichki bozori mavjud. Jumladan, Turkiyada ishlab chiqariladigan farmatsevtik mahsulotlar Suriyaning shimoli-g‘arbiy hududlariga yuboriladi.

 

Ammo insonlarni qutqarish uchun ayrim elementlarni raqamlarda ifodalab bo‘lmaydi. Masalan, bolalarga ruhiy yordam berish, yaqinlaridan judo bo‘lib hafsalasi pir bo‘lgan insonlarni qo‘llab-quvvatlash.

 

“Biz insonlarni jismonan qutqarishimiz mumkin. Ammo agar ular ruhan o‘zlarini xavfsiz joyda deb his qilmasa, tinch yashay olmaydi. Bu asosiysi”, — deydi mutaxassis.

 

Bundan tashqari, tabiiy ofat odamlarni daromad manbalaridan ayirdi. Aholining katta qismi qishloq xo‘jaligidan faoliyat yuritar edi. Ammo bugunga kelib hamma narsa vayron bo‘lgan. Taxminiy hisob-kitobga ko‘ra, odamlarning 90 foizi yashab ketish uchun qarzga botgan.

 

custom img

AQSh va Eron sulhni yana ikki haftaga uzaytirishni ko‘rib chiqmoqda — Bloomberg

Eron ham, AQSh ham harbiy harakatlarni qayta boshlashni istamasligi aytilmoqda.

custom img

Shifokorlar shafqatsiz muomala faktlarini hujjatlashtirishga o‘qitildi

13–14-aprel kunlari Xiva shahrida “Istanbul bayonnomasiga muvofiq qiynoqqa solish va shafqatsiz muomalaning boshqa turlarini sud-tibbiy hujjatlashtirish” mavzusida ikki kunlik trening bo‘lib o‘tdi.

custom img

Saudiya Arabistoni Haj mavsumida Makkaga kirishga qat’iy cheklovlar qo‘ydi

2026-yil 18-apreldan boshlab Haj vizasiga ega bo‘lmagan barcha viza toifasidagi shaxslarning Makkaga kirishi yoki u yerda qolishi taqiqlanadi.

custom img

Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib, okruglar tashkil qilinadi

Sinov tariqasida bitta okrug tashkil etilib, 2–3 yil davomida sinovdan o‘tkaziladi.

custom img

“Kabar” agentligining O‘zbekistondagi muxbiri To‘lanboy Qurbonov vafot etdi

U 2003 yildan buyon xorijiy muxbir sifatida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni xolis va tezkor yoritib kelgan.

custom img

O‘zbekiston Belarusdan 4 ming gektar ekin maydonini ijaraga oladi

Ushbu yer maydonida ming bosh qoramol parvarishlash rejalashtirilgan.

custom img

Alimentdan qarzdor jizzaxlik ota Toshkentdan topildi

Uning aliment qarzdorligi 60 mln so‘mdan ortiqni tashkil etgan bo‘lsa-da, majburiyatini bajarmay kelgan.

custom img

Yaponiya Osiyo davlatlariga energiya inqirozini yengib o‘tish uchun mablag‘ ajratadi

Bir qator Osiyo davlatlari aholini avtomobillardan birgalikda foydalanishga va konditsionerlarni kamroq ishlatishga chaqirmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Xalqaro gumanitar tashkilot: “Yordam chegaraning har ikki tarafiga birday kerak”