Tesla va boshqa elektromobil ishlab chiqaruvchilar bolalar mehnati hisobiga boyimoqdami?

Nyu-York universiteti hamda Jeneva Biznes va inson huquqlari markazi tomonidan olib borilgan tadqiqotga ko‘ra, yetakchi avtomobil, akkumulyator va elektronika ishlab chiqaruvchilari o‘zlari ishlatadigan kobaltni Kongodagi konlardan oladilar. Xomashyoni esa bolalar qazib olayotgan bo‘lishi mumkin.

Tesla va boshqa elektromobil ishlab chiqaruvchilar bolalar mehnati hisobiga boyimoqdami?

 

AQSHda gigant avtokompaniyalar elektromobil akkumulyatorlarini ishlab chiqarishni ko‘paytirish uchun o‘nlab milliard dollar sarmoya kiritdilar. Bunga Tesla Nevada shtatining Reno shahri yaqinidagi ulkan zavodida litiy-ionli batareyalar ishlab chiqarishni uch baravar oshirishni rejalashtirayotgani misoldir. Bu esa katta miqdordagi qimmatbaho xomashyoni, jumladan, asosan Kongoda qazib olinadigan kobaltni talab qiladi. Ko‘pincha bu ishda bolalar mehnatidan foydalaniladi.

 

Nyu-York universiteti hamda Jeneva Biznes va inson huquqlari markazi tomonidan olib borilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, yetakchi avtomobil, akkumulyator va elektronika ishlab chiqaruvchilari o‘zlari ishlatadigan kobaltni Kongodagi konlardan oladilar va bolalar mehnatisiz qazib olinishini taʼminlash uchun juda kam harakat qilmoqda. Tadqiqot mualliflari ushbu ishlab chiqaruvchilarni, shuningdek, tog‘-kon va qayta ishlash korxonalarini mazkur amaliyotni bartaraf etish hamda ishchilar xavfsizligini yaxshilashda ishtirok etishga chaqiradi.

 

Dunyodagi kobalt zaxiralarining qariyb 80 foizi Kongoda joylashgan.

 

“Tesla va boshqa kompaniyalar bolalar mehnatidan foydalanadigan tashkilotlardan kobalt sotib olmasligini daʼvo qilishsada, dunyodagi kobaltning 10 foizi ushbu qo‘lbola konlardan keladi, bu juda katta mahsulot”, — deyiladi hisobotda.

 

100 yildan buyon avtomobilsozlikning asosiy yonilg‘isi bo‘lib kelgan benzindan elektr energiyasiga o‘tishi taʼsirchan vazifadir. Bu millionlab akkumulyatorlar va elektr transport vositalarini ishlab chiqaradigan yangi zavodlarni yaratishni, shuningdek, ushbu elektr transport vositalarining barchasi talab qiladigan zaryadlash stansiyalarining keng infratuzilmasini yaratish uchun milliardlab dollarlik dasturni amalga oshirishni talab qiladi. Shu bilan birga, akkumulyatorlarda qo‘llaniladigan litiy, nikel va kobalt kabi xom metallarga bo‘lgan narxlar talabning taklifdan oshib ketishi tufayli yuqoriligicha qolishi mumkin. Kobalt qazib olishda bolalar mehnati muammosi elektr transport vositalari inqilobiga yana bir to‘siq bo‘lib qolmoqda.

 

Tesla o‘zining atrof-muhitga taʼsiri bo‘yicha yillik hisobotida bolalar mehnatiga “nol bardoshli” ekanligini va konlarda ish sharoitlarini baholash uchun o‘zining Ijtimoiy masʼuliyatli xaridlar qo‘mitasi delegatsiyasini Kongo Demokratik Respublikasiga yuborganini aytadi.

 

“Kongoga sayohat hunarmandchilik va kichik konlarning  murakkab muammosi hamda ularning tarixini yaxshiroq tushunish imkonini berdi”, — deyiladi  kompaniyaning yaqinda eʼlon qilgan hisobotida.

 

O‘tgan yili avgust oyida Tesla bosh direktori Ilon Mask va direktorlar kengashi aksiyadorlarni kompaniyadan xomashyo xarid qilish amaliyoti va hatto bolalar mehnatini bilvosita jalb qilmaslik uchun kompaniya ko‘rayotgan choralari haqida batafsil hisobot taqdim etishni talab qiladigan taklifni rad etishga chaqirgan edi. 2022 yil avgust oyida aksiyadorlarning katta qismi qarshi ovoz berdi. Tesla NYU/Jeneva markazi tadqiqotiga izoh berish so‘roviga javob bermagan.

 

Obama maʼmuriyati davrida AQSH davlat  kotibi yordamchisi bo‘lib ishlagan Maykl Poznerning so‘zlariga ko‘ra, qo‘lbola konlar bolalarni tor tunnel va teshiklarga chiqishlari oson bo‘lgani uchungina ish bilan taʼminlaydi.

 

Tadqiqotga ko‘ra, Tesla va boshqa kompaniyalar kobaltni kichik konlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olmaydilar, lekin uni  bilvosita xarid qilishadi. Ularning asosiy xomashyo manbayi «Glensore» tomonidan boshqariladigan yirik sanoat konlaridan keladi, ammo vositachilar ASM kobaltini yirik ishlab chiqaruvchilarga sotadilar.

 

Yirik mashinalarda mexanik usulda qazib olingan kobalt odamlar qo‘lda qazib, mahalliy bozorda sotadigan kobaltga aralashtiriladi. Va agar aralashtirish Kongoda sodir bo‘lmasa ham, kobaltning katta qismi Xitoy erituvchilar tomonidan qayta ishlanadi.

 

Elektr transport vositalarini bozorga chiqarish niyatida bo‘lgan “General Motors” yetkazib beruvchilardan hech biri bolalar yoki tekin mehnatidan foydalanmasligini taʼminlashga harakat qilayotganini aytdi.

 

“Biz taʼminot zanjirimizni faol ravishda kuzatib boramiz va keng qamrovli tekshiruvlar o‘tkazamiz”, — deydi kompaniya vakili Devid Barnas.

 

Biroq avtomobil ishlab chiqaruvchilarning konlarning ushbu shartlarga muvofiqligini nazorat qilishiga ishonib bo‘lmaydi, deyiladi hisobotda. Tadqiqot mualliflarining xulosasiga ko‘ra, hukumatlar kichik hunarmandchilik konlari mavjudligini tan olishlari, ularning faoliyatini tartibga solishlari, to‘siqlar o‘rnatishlari va baxtsiz hodisalar sonini kamaytirish uchun boshqa xavfsizlik choralarini joriy etishlari kerak. Ekspertlar shaxtalarda bolalar mehnatidan foydalanishni to‘xtatish bilan bir qatorda kon egalarini ko‘proq ayollarni yollashga va shu orqali ularning iqtisodiy ahvolini yaxshilashga chaqirmoqda.

 

Poznerning aytishicha, kompaniyalar ishni muammoni tan olishdan boshlashlari lozim.

 

“Bu bizning ishimiz emas deb ko‘rsatishdan foyda yo‘q. Qonunchilik va mehnat sharoitlarini yaxshilash uchun esa juda kam ish qilinmoqda”, — deya xulosa qiladi u.

 

custom img

Tailandda eng katta “suv jangi”da 191 kishi halok bo‘ldi

Tailandda Songkran festivali vaqtida yo‘l-transport hodisalari keskin oshib, 951 ta YTH qayd etildi.

custom img

Sadir Japarov “layk” sababli qamalgan fuqaroni ozod qilishga ko‘rsatma berdi

Qirg‘iziston Prezidenti Bosh prokurorga holatni o'rganishni topshirdi.

custom img

AQSh va Eron sulhni yana ikki haftaga uzaytirishni ko‘rib chiqmoqda — Bloomberg

Eron ham, AQSh ham harbiy harakatlarni qayta boshlashni istamasligi aytilmoqda.

custom img

Shifokorlar shafqatsiz muomala faktlarini hujjatlashtirishga o‘qitildi

13–14-aprel kunlari Xiva shahrida “Istanbul bayonnomasiga muvofiq qiynoqqa solish va shafqatsiz muomalaning boshqa turlarini sud-tibbiy hujjatlashtirish” mavzusida ikki kunlik trening bo‘lib o‘tdi.

custom img

Saudiya Arabistoni Haj mavsumida Makkaga kirishga qat’iy cheklovlar qo‘ydi

2026-yil 18-apreldan boshlab Haj vizasiga ega bo‘lmagan barcha viza toifasidagi shaxslarning Makkaga kirishi yoki u yerda qolishi taqiqlanadi.

custom img

Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib, okruglar tashkil qilinadi

Sinov tariqasida bitta okrug tashkil etilib, 2–3 yil davomida sinovdan o‘tkaziladi.

custom img

“Kabar” agentligining O‘zbekistondagi muxbiri To‘lanboy Qurbonov vafot etdi

U 2003 yildan buyon xorijiy muxbir sifatida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni xolis va tezkor yoritib kelgan.

custom img

O‘zbekiston Belarusdan 4 ming gektar ekin maydonini ijaraga oladi

Ushbu yer maydonida ming bosh qoramol parvarishlash rejalashtirilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"