Iliq ob-havo Yevropaga yordam berdi

YEI Rossiya gazi isteʼmolini tobora qisqartirmoqda, o‘z navbatida Kreml eng yirik va boy xaridorlarini yo‘qotmoqda.

Iliq ob-havo Yevropaga yordam berdi

 

Yangi yil Yevropaning “gaz urushi”da Rossiya ustidan taktik g‘alabasi bilan boshlandi. Yonilg‘i bilan bog‘liq muammolar Rossiyaning Ukrainaga bosqinidan ancha avval boshlangandi. Yevroittifoqqa ob-havo yordam berdi.

 

Yanvar shu darajada iliq boshlandiki, yevropaliklar O‘rtayer dengizi bo‘ylaridagi plyajlarda dam oldi. Energetiklar esa shu paytga qadar amalga oshmagan ishni bajardi: ular nafaqat qishga g‘amlangan gazni yoqishni to‘xtatdi, balki yerosti omborlarini to‘ldirishni boshladi.

 

Bu “ko‘hna qitʼa” uchun yaxshi yangilik. Sababi isitish mavsumi so‘ngida qancha ko‘proq gaz qolsa, YEIning keyingi qishda ham Kreml bosimisiz sovuqdan chiqish imkoniyatlari oshadi. “Gazprom” rejali tartibda gaz yetkazib berishni kamaytirmoqda. Buning natijasida energetik inqiroz va ijtimoiy norozilikni keltirib chiqarish maqsad qilingan bo‘lishi mumkin. Oqibatda YEIning 27 davlatining Ukrainaga berayotgan yordami to‘xtatilishi xavfi bor.

 

Ushbu qishda omborlar 95 foizga to‘ldirilgan edi. Xalqaro energetika agentligi tahlilchilari bu ko‘rsatkich keyingi qishda 65 foizga tushib ketishidan xavotir bildirgandi. Bu rekord narxlar va uzilishlarni keltirib chiqaradi.

 

Ukrainadagi qurolli mojaroga qadar YEI Rossiya eksport qiladigan 40 foiz gazni sotib olayotgandi. Hozirda bu ko‘rsatkich 8 foizga tushgan. RF Ukraina va Turkiya orqali “moviy olov” yetkazib berishda davom etmoqda, eksportni butunlay to‘xtatish imkoniyati hamon bor.

 

Kreml buni urushgacha ham qilib kelayotgandi. 2022 yilning mayida esa Rossiya gazining yetkazib berilishi sutkasiga 250 million kub metrgacha tushib ketdi. Yonilg‘i Yevropa sanksiyalari ostiga tushmagan bo‘lsa-da, “Gazprom” turli bahonalari bilan yetkazib berishni 80 foizgacha qisqartirdi.

 

YeI sovuq sinovidan o‘tdi

 

Yevropa uchun yana bir yaxshi yangilik — qitʼa gaz tejashni o‘rgandi. Dekabrda mintaqada o‘ta sovuq ob-havo kuzatildi. Tahlilchilar o‘shanda tejash trendi yo‘qolishidan xavotirga tushgandi. Chunki noyabrda Yevroittifoq o‘ta iliq ob-havo tufayli gaz isteʼmolini 22 foizga qisqartirgan edi.

 

Dekabrda, sovuqqa qaramay, isteʼmol 13 foizga kamaygan. Bunga qisman oy oxiridagi iliqlik yordam bergan bo‘lsa-da, baribir asosiy natijaga aynan tejamkorlik ortidan erishildi. Eng kam tejash qitʼa iqtisodiyotining lokomotivlari Germaniya va Fransiya tomonidan amalga oshirilgan. Bunga fransuz yadro va nemis shamol stansiyalaridagi ishlab chiqarishning pasayishi sabab bo‘ldi.

 

Italiya avvalgi davrlarga nisbatan 18 foizga, Niderlandiya 16 foizga, Ispaniya esa 23 foizga qisqartirgan. Ammo Yevroittifoqqa kirmagan Buyuk Britaniyada bu 3 foizni tashkil etdi.

 

Yanvarning birinchi haftasi statistikasi oktyabr-noyabr oyidagi tejamkorlik ko‘rsatkichiga qaytilayotganini ko‘rsatdi. Oyning birinchi kunlarida gazga talab oz emas-ko‘p emas 38 foizga kamaydi. ICIS gaz tahlilchilari rahbari Tom Marzek-Manserning so‘zlariga ko‘ra, bu “kutilmagan past” natija bo‘ldi.

 

U, shuningdek, AESlar generatsiyasi o‘sgani, shamolli ob-havo tufayli qayta tiklanuvchi energiyani ishlab chiqarish keskin ko‘paygani ham YEIga yordam berganini maʼlum qildi.

 

Germaniyaning burilishi

 

Yevropaning sanoat dvigateli va eng yirik iqtisodiyoti — Germaniya so‘nggi yillarda “Gazprom”dan eng ko‘p gaz sotib olgan. Hatto u Ukrainani aylanib o‘tib, “Shimoliy oqim”lar orqali yonilg‘i importini ikki barobar oshirmoqchi edi.

 

Ammo Rossiya bosqini nemis hukumati siyosatining keskin o‘zgarishiga sabab bo‘ldi. Bir yil ichida mamlakat RFdan importni va umuman isteʼmolni qisqartirdi.

 

“Umuman olganda, biz vaziyatni qishning boshiga nisbatan barqarorroq deb hisoblaymiz. Gaz yetishmovchiligi ehtimoli bu qishda kam. Ammo vaziyatning og‘irlashishi mumkinligi istisno etib bo‘lmaydi. Gazni tejash hamon dolzarbligicha qolmoqda”, – deyiladi Bundesnetzagentur bayonotida.

 

Rossiya G‘arbdagi eng yirik va boy mijozini yo‘qotmoqda. 2021 yilda nemislar RF gazining 52 foizini import qilgan bo‘lsa, bu 2022 yilda 22 foizga tushib ketdi. Moskva o‘rnini 33 foizlik ko‘rsatkich bilan Norvegiya egalladi.

 

Isitish mavsumining dastlabki uch oyida Germaniya sanoati tabiiy gaz isteʼmolini so‘nggi to‘rt yillik ko‘rsatkichga nisbatan 23 foizga qisqartirdi. Aholi va biznes 21 foiz kamroq gaz yoqqan. Yangi yil bayrami kunlarida esa bu 30 foizga yetdi. Hozirda gaz omborlari 90.76 foizga to‘lgan.

 

«Gaz urushi»da hozircha Kreml foydasiga hal bo‘lmayapti. Ammo Xalqaro energetika agentligi rahbari Fotih Birol hursand bo‘lishga erta ekanligini aytmoqda.

 

“Yevroittifoq rus gazidan qaramlikni kamaytirish bo‘yicha sezilarli yutuqqa erishdi. Ammo xavf butunlay ortga chekingani yo‘q. Bu yil gaz omborlarini to‘ldirishga yordam bergan omillar 2023 yilda bo‘lmasligi mumkin”, – degandi u dekabrda.

 

Xalqaro energetika agentligi Yevropaga isteʼmolni yana-da kamaytirish va qayta tiklanuvchi energetika tarmog‘ini yana-da rivojlantirishni maslahat bergandi. Bu kelasi qishdagi ehtimoliy inqirozning oldini olishi mumkin.

 

custom img

Putinga istalgan mamlakatga hujum qilish vakolati berildi

Davlat Dumasi prezidentga rossiyaliklar ta’qibga uchrayotgan mamlakatlarga qo‘shin kiritish vakolatini beruvchi qonun loyihasini qabul qildi.

custom img

Prezident Madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi

Shavkat MIrziyoyev el-yurtga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan san’at ustalari va yosh ijrochilarga, barcha soha xodimlariga fidokorona mehnati uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

custom img

Qirg‘izistonda rus tilidagi qishloqlar nomi o‘zgartiriladi — Sadir Japarov

Mazkur jarayonni 2027-yilgacha yakunlash rejalashtirilgan.

custom img

Hind okeanida rohinja muhojirlari qayig‘i halokatga uchrab, 250 kishi bedarak yo‘qoldi

Shuningdek hodisa oqibatida bangladeshliklar va bolalar ham bedarak yo‘qolgan. Fojia rohinjalarning uzoq davom etayotgan majburiy ko‘chirilishi bilan bog‘lanmoqda.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

Tarixiy g’alaba: Javohir Sindarov muddatidan avval g‘alaba qozondi

20 yoshli Sindarov jahon chempioni unvoni uchun kechadigan bahsda Dommaraju Gukeshga qarshi o‘ynaydi.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"