Jahon

Olimlar issiqlik rekordlari yangilanishini prognoz qilmoqda

Jahon meteorologiya tashkiloti zudlik bilan chora ko‘rishni tavsiya qildi.

Olimlar issiqlik rekordlari yangilanishini prognoz qilmoqda

 

Iqlim ofatlari, jumladan, ekstremal toshqinlar, issiqlik to‘lqinlari va qurg‘oqchilik 2022-yilda millionlab odamlarga taʼsir ko‘rsatdi va  milliardlab dollar zarar keltirdi. Jahon meteorologiya tashkiloti maʼlumotlariga ko‘ra, bularning barchasi insonning zararli faoliyati natijasida kelib chiqadigan iqlim o‘zgarishi taʼsirining kuchayib borayotganidan dalolat beradi.

 

Tashkilot ekspertlari yangi hisobotda issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish va bu jarayon monitoringini sezilarli darajada yaxshilash uchun ko‘proq ish qilish zarurligini taʼkidlashgan. Bundan tashqari, JMT iqlim o‘zgarishiga moslashish uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratishni tavsiya qilgan.

 

So‘nggi sakkiz yil rekord darajadagi eng issiq yil bo‘ldi. La Nina hodisasining sovutish effekti ketma-ket uchinchi yil davom etayotgani 2022-yil rekord darajadagi eng issiq yil bo‘lmasligini anglatadi. Yaʼni sayyorada harorat yildan-yilga ko‘tarilib boraveradi.

 

"Bu yil biz ko‘plab odamlarning hayotiga zomin bo‘lgan hamda oziq-ovqat, energiya va suv xavfsizligi hamda infratuzilmaga putur yetkazgan bir qator dramatik ob-havo hodisalarini boshdan kechirdik", — dedi tashkilot Bosh kotibi professor Petteri Taalas.

 

Professorning qayd etishicha, Pokiston hududining uchdan bir qismi suv ostida qolgan, bu esa katta iqtisodiy yo‘qotishlarga va qurbonlarga olib kelgan. Xitoy va qator Yevropa mamlakatlarida, Shimoliy va Janubiy Amerikada rekord darajadagi issiqlik to‘lqinlari kuzatildi. Afrikada uzoq davom etgan qurg‘oqchilik ortidan mintaqaga gumanitar halokat tahdid solmoqda.

 

Professor Taalasning ishonchi komilki, xalqaro hamjamiyat ekstremal ob-havo hodisalariga tayyorligini oshirishi va BMTning “Hamma uchun erta ogohlantirish” maqsadi yaqin besh yil ichida bajarilishini taʼminlashi kerak.

 

Global monitoring va tizimlarga investitsiyalarni ko‘paytirish hamda ekstremal ob-havo va iqlim hodisalariga chidamlilikni oshirish Jahon Meteorologiya Tashkilotining 2023-yildagi ustuvor vazifalaridan biri bo‘ladi.

custom img

2025-yilda dunyo bo‘ylab rekord darajada jurnalistlar o‘ldirildi — CPJ

104 nafar jurnalist harbiy mojaro hududida o‘ldirilgan, 86 nafari Isroil mudofaa kuchlariga to‘g‘ri keladi.

custom img

Xo‘jali genotsidi: tarix sabog‘i va adolat talabi

Xo‘jali qirg‘ini Armaniston tomonidan uzoq yillar davomida Ozarbayjon Respublikasiga qarshi olib borilgan etnik tozalash va tajovuz siyosatining tarkibiy qismi bo‘lgan. Qirg‘in vaqtida 613 nafar kishi, jumladan 106 nafar ayol, 63 nafar bola va 70 nafar keksalar o‘ldirilgan, turli yoshdagi 1 000 nafar tinch aholi o‘q jarohatlari natijasida nogiron bo‘lib qolgan.

custom img

Epshteyn fayllarida Trampga aloqador hujjatlar yo‘qolgan — CNN

Yo‘qolgan hujjatlar orasida Trampni jinsiy tajovuzda ayblovchi guvoh bilan bog‘liq 3 ta intervyular bo‘lgan.

custom img

AQSh Isroilga F-22 qiruvchi samolyotlarini joylashtirmoqda

Dastlab 12 ta samolyot yuborilgan, ammo ulardan biri texnik nosozlik sababli qaytib kelgan.

custom img

Urush meni “do‘stlari yo‘q inson”ga aylantirdi — Zelenskiy

Ukraina prezidenti urush sharoitida faqat muhim va strategik masalalarga eʼtibor qaratishga majbur bo‘lganini taʼkidladi.

custom img

Bill Geyts Epshteyn bilan aloqalari uchun uzr so‘radi

U Epshteyn bilan vaqt o‘tkazish katta xato bo‘lganini aytgan.

custom img

Kim Chen In 13 yoshli qizini KXDR yadro kuchlari dasturi rahbari etib tayinladi — The Chosun Daily

U strategik qurollar bilan bog‘liq jarayonlarda faol ishtirok etib, generallardan hisobotlar qabul qilmoqda

custom img

Ukrainani tiklash salkam 600 mlrd dollarga tushadi

Mablag‘ning ko‘p qismi urushdan keyingi davrda transport sohasini tiklashga yo‘naltiriladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"