Ixtiyoriy xizmat uchun undirilayotgan “majburiy” to‘lovlar

O‘zini “gazdan” yoki “svetdan” kelganini aytib, ko‘rsatilmagan xizmati uchun pul yig‘ib yurish qonuniymi?

Ixtiyoriy xizmat uchun undirilayotgan “majburiy” to‘lovlar

 

Ilgari gaz va “svet” uchun to‘lovlarni tegishli idora xodimlari mahallalarda uyma-uy yurib qabul qilishardi. Keyinchalik bu yo‘nalishda o‘zgarishlar qilindi: elektr va gaz hisoblagichlar yangisiga almashtirilib, iste’molchida qarzdorlik yuzaga kelsa, tarmoqdan avtomatik tarzda uziladigan bo‘ldi. Bu esa xonadon egasining kommunal to‘lovlarni oldindan amalga oshirishiga va qarzdorliklarning sezilarli darajada kamayishiga olib keldi. Eng muhimi — idora xodimlari avvalgidek mahalla kezib, “pul undirib” yurmaydi. 

 

Lekin negadir hali hamon qishloq hududlarda “gazchi” va “svetchi”lar yuradi. Ular aholiga o‘zlarini “tuman gaz idorasidanmiz”, “viloyat elektr tarmoqlari korxonasidanmiz” yoki “yong‘inga qarshi kurashish bo‘limidan keldik” deb tanishtiradi. Xonadonlarda elektr va gaz uskunalarining sozligini tekshirish yoxud yong‘inni oldini olish choralari bahonasi bilan aholidan yillik 20–40 ming so‘m atrofida soliq yoki kommunal to‘lov sifatida noqonuniy pul yig‘imi talab qilishadi. Amalda esa hech qanday ish qilinmaydi, uy egasi ham “formali kishi”dan tezroq qutulay deb, aytilgan pulni beradi-da kuzatib yuboradi. 

 

Zamon.uz bu borada ijimoiy tarmoq foydalanuvchilarining ham fikrlari bilan qiziqdi va ayni shu mavzudagi maqolalarga bildirilgan izohlarni tahlil qildi.

 

“Har shahar va tumanda yong‘inga qarshi kurashish jamiyati bo‘ladi. Shu jamiyatda ishlaydiganlar pul yig‘moqda. Lekin ular pul olib, qo‘l qo‘yadigan joyiga e’tibor berdingizmi, qandaydir nosoz elektr jihoz, dudbo'ron yoki qurilmalarni sozlash evaziga pul bermoqdasiz. Aniqrog‘i, yong‘inni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan jihozlarni tuzatuvchi usta ular. Ularni ishi firibgarlikning bir turi, sababi yuqorida “usta”ligini aytmay, to‘g‘ri ma’lumot bermay, pul so‘ramoqda”, — deydi Telegram foydalanuvchilaridan biri.

 

“O‘tgan yili uyga kelib pul so‘rashdi. Hisob raqam ber, bankdan o‘tkazaman desam, plastik raqam bor, shunga tashlaysiz, deydi. Kechirasiz, men bankka to‘lamoqchiman deganimdan so‘ng yo‘qolib qolishdi”, —deya izoh bildirgan yana bir tarmoq foydalanuvchisi.

 

Bu holatlar shaharga nisbatan qishloq joylarda ko‘p kuzatiladi. Qishloq aholisining aksariyat qismi esa eshigini taqqillatib kelgan formali odamdan cho‘chib turadi. Ularni rasmiy shaxs, “yuqoridan” jo‘natilgan xodim deb o‘ylab, so‘ralgan pulni qo‘liga tutqazib yuboradi. Aslida esa ko‘rsatilmagan va foydalanish ixtiyoriy bo‘lgan xizmat uchun “majburiy” pul to‘laydi.

 

Adliya vazirligi o‘tkazgan o‘rganishlarda ushbu harakatlar turli xil shaklda tashkil etilgan, asosan nomida “yong‘in”, “olov”, “qarshi kurash”, “xavfsizlik”, “himoya” kabi so‘zlardan iborat bo‘lgan va yong‘inning oldini olish aks etgan turli xil ramzlar tushirilgan muhr-shtamplardan foydalanib kelayotgan tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan amalga oshirib kelinayotganligi aniqlangan.

 

Ma’lum qilinishicha, o‘zlarini “davlat yong‘in nazorati organlari xodimi” sifatida tanishtirgan holda yolg‘on ma’lumotlar asosida fuqarolardan majburiy to‘lov to‘lanishini talab etish noqonuniy hisoblanadi. Shuningdek, yong‘in va uning oldini olish bilan bog‘liq biron bir to‘lab borilishi shart bo‘lgan kommunal to‘lov yoki soliq qonunchilikda mavjud emas.

 

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 209¹-moddasiga ko‘ra, formali kiyim-bosh kiyib yurishi nazarda tutilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar harbiy xizmatchilari hamda xodimlarining tasdiqlangan namunadagi harbiy, idoraviy va maxsus formali kiyim-boshini bunday huquqqa ega bo‘lmagan shaxslar tomonidan kiyib yurish uchun javobgarlik belgilangan.

 

Favqulodda vaziyatlar vazirligi shu kabi holatlarda quyidagilarga e’tibor qaratish lozimligini eslatib o‘tgan:

 

— o‘zini FVVning quyi tizimlariga o‘xshash tashkilotlar nomlari bilan tanishtirgan shaxslardan, birinchi navbatda, shaxsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishini so‘rash;

— ularning faoliyat turi hamda qanday xizmatlar ko‘rsatishiga aniqlik kiritish kerak.

 

Vazirlikka ko‘ra, ular tomonidan taklif qilinadigan xizmatlarni bajarish faqat uy egasining roziligi asosida amalga oshirilishi mumkin. Ularning xizmatidan foydalanish yoki foydalanmaslik ixtiyoriy. Pul esa faqat ko‘rsatilgan xizmat uchun beriladi.

 

Javohirbek Tursunov tayyorladi

custom img

Putinga istalgan mamlakatga hujum qilish vakolati berildi

Davlat Dumasi prezidentga rossiyaliklar ta’qibga uchrayotgan mamlakatlarga qo‘shin kiritish vakolatini beruvchi qonun loyihasini qabul qildi.

custom img

Prezident Madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi

Shavkat MIrziyoyev el-yurtga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan san’at ustalari va yosh ijrochilarga, barcha soha xodimlariga fidokorona mehnati uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

custom img

Qirg‘izistonda rus tilidagi qishloqlar nomi o‘zgartiriladi — Sadir Japarov

Mazkur jarayonni 2027-yilgacha yakunlash rejalashtirilgan.

custom img

Hind okeanida rohinja muhojirlari qayig‘i halokatga uchrab, 250 kishi bedarak yo‘qoldi

Shuningdek hodisa oqibatida bangladeshliklar va bolalar ham bedarak yo‘qolgan. Fojia rohinjalarning uzoq davom etayotgan majburiy ko‘chirilishi bilan bog‘lanmoqda.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

Tarixiy g’alaba: Javohir Sindarov muddatidan avval g‘alaba qozondi

20 yoshli Sindarov jahon chempioni unvoni uchun kechadigan bahsda Dommaraju Gukeshga qarshi o‘ynaydi.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"