Jahon

Twitterʼdan ko‘k belgi olib tashlanadi

Ilon Maskning fikricha, bu maʼnosiz belgidir.

Twitterʼdan ko‘k belgi olib tashlanadi

 

Twitterʼning yangi egasi Ilon Mask bir necha oy ichida ijtimoiy tarmoqning barcha profillarida eskirgan ko‘k belgilarni yo‘qotishga qaror qildi.

 

“Bir necha oy ichida biz barcha eskirgan ko‘k belgilarni olib tashlaymiz. Ularning chiqarilish usuli buzuq va maʼnosiz edi”, — deb yozdi u.

 

Bundan tashqari, tadbirkor qo‘shimcha funksiyalar pulli obunalarda ochilishini maʼlum qilgan. Shuningdek, pulli xizmatlar to‘lovi oshirilgan. Masalan, iPhone ilovasi orqali to‘lov amalga oshirilganda Twitter Blue odatdagidek 7,99 dollar emas, 11 dollar.

 

“Biz qaytdik! Twitter Blue endi internetda oyiga 8 dollar evaziga yoki iOSʼda 11 dollar evaziga mavjud. Biz baʼzi yangilanishlar va yaxshilanishlarni amalga oshirdik”, — deyiladi postda.

 

Avvalroq 1,5 milliardga yaqin foydalanilmayotgan Twitter akkauntlari o‘chirib tashlanishi maʼlum qilingandi. Global brendlar Mask tufayli tarmoqda reklama berishdan bosh tortmoqda.

 

custom img

Putinga istalgan mamlakatga hujum qilish vakolati berildi

Davlat Dumasi prezidentga rossiyaliklar ta’qibga uchrayotgan mamlakatlarga qo‘shin kiritish vakolatini beruvchi qonun loyihasini qabul qildi.

custom img

Qirg‘izistonda rus tilidagi qishloqlar nomi o‘zgartiriladi — Sadir Japarov

Mazkur jarayonni 2027-yilgacha yakunlash rejalashtirilgan.

custom img

Hind okeanida rohinja muhojirlari qayig‘i halokatga uchrab, 250 kishi bedarak yo‘qoldi

Shuningdek hodisa oqibatida bangladeshliklar va bolalar ham bedarak yo‘qolgan. Fojia rohinjalarning uzoq davom etayotgan majburiy ko‘chirilishi bilan bog‘lanmoqda.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"