Jahon

Boku tinchlik shartnomasi bo‘yicha Yerevanga javob qaytardi

“Yarashuv”da xalqaro vositachilar ham ishtirok etishi mumkin.

Boku tinchlik shartnomasi bo‘yicha Yerevanga javob qaytardi

 

Yerevan Bokuning tinchlik shartnomasi bo‘yicha takliflariga javobini oldi. Bu haqda Armaniston tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan ma’lum qildi.

 

“Biz Ozarbayjonga munosabatlarni tartibga solish bo‘yicha o‘z takliflarimizni, ya’ni tinchlik shartnomasi loyihasini taqdim etgandik va kecha ularning javoblarini oldik. Shu bois muhokamalar davom etmoqda”, — dedi u. 

 

Vazirning ta’kidlashicha, Armaniston tomoni bu masalada imkon qadar tezroq kelishuvga erishishga umid qilmoqda. 

 

“Bu jarayonda xalqaro hamkorlarimizning vositachilik harakatlari ham muhim rol o‘ynashi mumkin”, — deya qo‘shimcha qilgan Mirzoyan.

 

Vazir Ozarbayjon tomonidan qanday javob olingani tafsilotlarini oshkor qilmagan.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"