Jahon

Turkiya Xalqaro gaz konferensiyasi o'tkazishni rejalashtirmoqda

Anqaraga ko'ra, mamlakat energiya masalasida muhim markazga aylanmoqda.

Turkiya Xalqaro gaz konferensiyasi o'tkazishni rejalashtirmoqda

 

Turkiya energiya tashuvchilar, iste’molchilar va yetkazib beruvchilarni bir joyga to’plash maqsadida yanvar-fevral oylarida Xalqaro gaz konferensiyasi o’tkazishni rejalashtirmoqda

 

Turkiya energetika vaziri Fotih Do‘nmez Yevropaning janubi-sharqida "moviy olov"ga talab borligini ta’kidladi.

 

“Ba'zi davlatlar vaqti-vaqti bilan Turkiya bilan muloqotda gaz mavzusini koʻtarib turadi. Bu borada yig‘ilish o‘tkazishga hozirlik ko‘ryapmiz. Bu barcha tomonlarga foyda keltiradigan shaffof, xavfsiz bozorni yaratishga qaratiladi. Yil oxirigacha Turkiya gaz masalasi boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni belgilaydi”, - dedi vazir.

 

Uning soʻzlariga koʻra, koʻplab mamlakatlardan kelayotgan gaz tufayli Turkiya eng qulay oʻziga xos narxlar shakllanadigan markazga aylanish uchun barcha imkoniyatlarga ega.

 

Rossiya bilan aloqalarga toʻxtalgan Doʻnmez, albatta, Turkiya va Rossiya oʻrtasidagi savdo aloqalarini rivojlantirayotgan koʻp vektorli muhim sohalardan biri energiya ekanligini taʼkidladi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi paytlarda milliy valyutadagi savdo masalasidagi qadamlar tezlashdi.

 

Doʻnmezning ta'kidlashicha, Rossiya muhim energiya yetkazib beruvchi boʻlib, yaqin vaqtgacha Yevropaning gazga boʻlgan talabining uchdan bir qismini qoplagan. Rossiya gazi mamlakat iste’molining kamida 40 foizini tashkil qiladi.

 

Turkiya Energetika vazirligi rahbari, shuningdek, Qoradengizdagi yangi gaz koniga quvurlar yotqizish ishlari 97 foizga yakunlanganini aytdi.

custom img

Putinga istalgan mamlakatga hujum qilish vakolati berildi

Davlat Dumasi prezidentga rossiyaliklar ta’qibga uchrayotgan mamlakatlarga qo‘shin kiritish vakolatini beruvchi qonun loyihasini qabul qildi.

custom img

Qirg‘izistonda rus tilidagi qishloqlar nomi o‘zgartiriladi — Sadir Japarov

Mazkur jarayonni 2027-yilgacha yakunlash rejalashtirilgan.

custom img

Hind okeanida rohinja muhojirlari qayig‘i halokatga uchrab, 250 kishi bedarak yo‘qoldi

Shuningdek hodisa oqibatida bangladeshliklar va bolalar ham bedarak yo‘qolgan. Fojia rohinjalarning uzoq davom etayotgan majburiy ko‘chirilishi bilan bog‘lanmoqda.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"