Jahon

Hech qanday shaxsiy manfaatlar: faqat biznes

AQSH ayrim yirik banklarning rus kompaniyalariga xizmat ko‘rsatishiga qarshilik qilmayapti.

Hech qanday shaxsiy manfaatlar: faqat biznes

 

AQSH moliya vazirligi va Davlat departamenti norasmiy tarzda ayrim yirik banklardan Rossiyaning yirik kompaniyalari bilan ish olib borishni so‘ragan. Bloomberg agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, ular orasida JPMorgan Citigroup kabi banklar ham bor. 

 

Agentlikning qayd etishicha, bu orqali Jozef Bayden maʼmuriyati sanksiyalarning salbiy oqibatlarini pasaytirishga urinmoqda. Xususan, amaldorlar banklardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri cheklovlar ostiga tushmagan “Gazprom”, “Uralkaliy” kabi kompaniyalarga bazaviy xizmat ko‘rsatishni davom ettirishni so‘ragan.

 

Sanksiyalar tufayli ko‘plab banklar rus kompaniyalari bilan o‘ta ehtiyotkor aloqada bo‘lmoqda. Ular hukumat tomonidan katta jarima solinishidan qo‘rqyapti. Shu sababli hukumat banklarga yuqoridagi takliflarni bergan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"