Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston tashqi ishlar vazirini mukofotladi

Shuningdek, Serdar Berdimuhamedovning farmoni bilan Abdulaziz Komilov va Vladimir Norov ham orden bilan taqdirlandi.

Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston tashqi ishlar vazirini mukofotladi

 

Prezidentning tegishli farmoni bilan Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi

 

Mukofotni topshirish marosimi Vladimir Norov boshchiligidagi delegatsiyaning Ashxobodga tashrifi doirasida bo‘lib o‘tgan.

 

Mazkur orden Meredovga «O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalarini, strategik sherikchilik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish hamda mustahkamlashga qo‘shgan ulkan shaxsiy hissasi uchun» berilgan.

 

Shuningdek, Turkmaniston prezidenti Sardor Berdimuhamedovning farmoni bilan O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari, prezidentning tashqi siyosat bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Kamilov hamda tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov Turkmanistonning “Galkinish” (“Tiklanish”) ordeni bilan taqdirlandi.

custom img

Toqayev Qozog'istonga yetib borgach, Mirziyoyevga maktub yo'lladi

Qozog‘iston yetakchisi Buxoro shahriga amaliy tashrifi chog‘ida ko‘rsatgan alohida mehmondo‘stlik va samimiyat uchun Shavkat Mirziyoyevga chin dildan minnatdorlik bildirgan.

custom img

Toqayevning O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi

Tadbir yakunlangach, oliy martabali mehmonni Buxoro xalqaro aeroportida O‘zbekiston rahbari kuzatib qo‘ydi.

custom img

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari Buxoroning tarixiy merosi bilan tanishdilar

Tashrif davomida Prezidentlarga tarixiy yodgorliklar va hunarmandchilik namunalari namoyish etildi.

custom img

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari sunʼiy intellekt boʻyicha xakatonda ishtirok etdi

Buxorodagi AI xakatonda davlat rahbarlariga sunʼiy intellekt asosidagi innovatsion loyihalar va startaplar taqdim etildi.

custom img

Qozog‘iston Prezidentiga noyob arxiv materiallarining nusxalari hadya qilindi

Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev Buxoro viloyati hokimligi situatsion markazi faoliyati bilan tanishdi.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Buxoroda muzokara o‘tkazdi

Muzokarada tomonlar yirik mintaqaviy loyihalarni jadallashtirish va “yashil” energiya eksporti bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish masalalarini ham muhokama qildi.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi

Tashrif davomida Qur’on oyatlari tilovat qilinib, qardosh xalqlarga tinchlik va farovonlik tilab, duo o‘qildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayevni Buxoroda kutib oldi

Bugun O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari ikki tomonlama muzokara o‘tkazadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"