Sport

O‘zbekiston professional boks federatsiyasi WBCga aʼzo bo‘ldi

Bu, o‘z navbatida, tashkilotning Butunjahon boks uyushmasi (WBC)ga qabul qilinganligini anglatadi.

O‘zbekiston professional boks federatsiyasi WBCga aʼzo bo‘ldi

 

Kuni kecha shu mazmundagi maktub O‘zbekiston professional boks federatsiyasiga keldi. 

 

WBC-ABC prezidenti Kovit Bxakdibxumi tomonidan imzolangan maktubda “...ulkan mamnuniyat ila O‘zbekiston professional boks federatsiyasi safimizga rasman qabul qilinganini eʼlon qilmoqdamiz. Isteʼdodli, kelajagi porloq o‘zbekistonlik professional bokschilarga WBC tizimida o‘tkaziladigan mintaqaviy chempionatlarda ishtirok etish uchun amaliy ko‘mak beriladi. O‘zbekistonda WBC bayrog‘i ostidagi boks kechalari o‘tkaziladi”, — deyiladi.  

 

WBC dunyodagi eng nufuzli professional boks tashkiloti. 1963 yilda asos solingan. Shtab-kvartirasi Meksikada. Ayni paytda Maurisio Suleyman WBC prezidenti. Muhammad Ali, Jo Freyzer, Mayk Tayson, Lennoks Lyuis, Floyd Meyvezer, Vitaliy Klichko kabi eng dongdor bokschilar o‘z vaqtida WBC yo‘nalishida jahon chempioni bo‘lgan.  

 

Joriy yil aprel oyida o‘z faoliyatini yangi tarkib bilan boshlagan O‘zbekiston professional boks federatsiyasi qisqa muddatda WBC aʼzoligiga qabul qilindi. Endi WBA, WBO va IBF singari boks tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilishi kutilmoqda, deyiladi O‘zbekiston professional boks federatsiyasi matbuot xizmati xabarida.

custom img

Meliqo‘ziyev ganalik raqibini texnik nokautga uchratdi

U shu tariqa WBA Continental Americas kamarini himoya qildi va 17-g‘alabasini qayd etdi.

custom img

“Darhol yo‘lga chiq”: Tramp Ronalduni AQSHga chaqirdi

Amerika rahbari Krishtianuni eng buyuk futbolchi deb atadi.

custom img

O‘zbekiston sportchilari qishki Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini medalsiz yakunladi

Mamlakat sharafini short-trekchi Daniil Yeybog va tog‘ chang‘ichisi Medet Nazarov himoya qildi.

custom img

Husanov transferidan keyin O‘zbekiston Manchester City uchun strategik bozorga aylandi

“Manchester Evening News” e’tirofiga ko‘ra, Abduqodir Husanovning Manchester Cityga transferi klub tarixidagi eng kuchli raqamli portlashlardan birini keltirib chiqardi: atigi bir necha hafta ichida O‘zbekiston “Siti”ning eng faol auditoriyasiga aylandi, millionlab muxlislar esa ingliz klubini global trendga olib chiqdi.

custom img

O‘zbekiston vakillari qishki Olimpiadadagi debyut ishtirokini yakunladi

Short-trekda Daniil Eybog 14-o‘rinni egalladi, tog‘ chang‘isida Medet Nazarov gigant-slalomda 50-pog‘onadan joy oldi.

custom img

FIDE Freestyle Jahon chempionati: Abdusattorov va Sindarov 4-turda mag‘lub bo‘ldi

O‘zbekistonlik grossmeysterlar Hans Niemann va Arjun Erigaisiga imkoniyatni boy berdi, keyingi turda esa ular o‘zaro bahs olib boradi.

custom img

"Al Nasr" Ronalduga vaziyatni barqarorlashtirishga va’da berdi

Klub rahbari iste’foga chiqarilishi mumkin.

custom img

Saudiya klublari Mohamed Salahni Ronalduning o'rniga tayyorlamoqda

Ronalduning yaqin orada ligani tark etishi mumkinligi haqidagi xabarlar fonida, Saudiya “Liverpool” yulduzining haftalik maoshini uch baravar oshirishni taklif qilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"