Jahon

Mashhur xonanda Yuriy Shatunov vafot etdi

U 48 yoshni qarshilagan edi.

Mashhur xonanda Yuriy Shatunov vafot etdi

 

Rossiyalik mashhur xonanda Yuriy Shatunov 48 yoshida vafot etdi.

 

U rossiyalik musiqachi va xonanda bo'lib, sovet davridаgi eng mashhur yoshlar guruhi bo‘lgan afsonaviy "Ласковый Май"ning yosh vokalisti sifatida shuhrat qozongan.

 

90-yillardan Shatunov yakkaxon karyerasini boshlaydi, biroq xonanda repertuari katta qismini 80-yillarning oxirida uni mashhur qilgan qo'shiqlar tashkil qilgan: "Oq atirgullar", "Sovuq qish oqshomi", "Qadimgi o'rmon" va boshqalar.

 

Ko'plab nufuzli musiqa mukofotlari sovrindori bo'lgan Yuriy millionlab rossiyaliklar uchun nafaqat sevimli qo'shiqchi, balki ular yoshligi o'tgan davrning ramzi edi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"