Sport

Matonat maktabi – orzu-istaklar ro‘yobi

Har bir mamlakat dovrug‘ini dunyoga tanitishda sportning muhim o‘rni bor. Yurtimizda parasportga qaratilayotgan eʼtibor tufayli ko‘plab yutuqlar qo‘lga kiritilmoqda. 2021 yil may oyida Prezidentimizning “Paralimpiya harakatini rivojlantirishga doir qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida”gi qarori eʼlon qilingan bo‘lsa, bu yil mana ana shu qarorning izchil davomi sifatida “Paralimpiyachilarning matonat maktabi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Matonat maktabi – orzu-istaklar ro‘yobi

 

O‘tgan yili davlatimiz rahbari XVI Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan sportchi va murabbiylar bilan uchrashuvida O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi tarkibida “Matonat maktabi” tashkil etish taklifini bildirgandi.

 

“Afsuski, hozirgi vaqtda yoshlar orasida hayotda ozgina to‘siq yoki qiyinchilikka uchrasa, o‘zini yo‘qotib, umidsizlikka tushib qoladigan, nojo‘ya yo‘llarga kirib ketadigan yigit-qizlar ham yo‘q emas. Sizlar yoshlar bilan uchrashib, o‘z hayotingiz, mashaqqatli yo‘lingiz, qiyinchiliklarni qanday yengib o‘tayotganingiz haqida so‘zlab bersangiz, ular, albatta, sizlarga ergashadi”, deya taʼkidlagan edi Prezidentimiz.

 

Paralimpiyachilarning matonat maktabi taʼlim muassasalari, mehnat jamoalari hamda mahallalarda jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarning qo‘lga kiritgan yutuqlari, ularning ibratli hayot tarzini targ‘ib qilish maktabi demakdir.

 

Bu bizga nima beradi?

 

Avvalo, jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxs lar, ayniqsa, yoshlarda halollik, vijdonlilik, vatanparvarlik kabi fazilatlar, milliy g‘urur tuyg‘ularini shakllantiradi. Qolaversa, yoshlarni parasport turlariga kengroq jalb qilish mexanizmi ishga tushiriladi.

 

Maktabning yana bir vazifasi — ijtimoiy hayotning turli masalalariga doir tashabbuslar bilan chiqish, davlat organlari va tashkilotlariga takliflar kiritish hamda tavsiyalar berish. Shuningdek, yoshlarga o‘rnak ko‘rsatish va shaxsiy namuna sifatida ularni matonatli etib tarbiyalash, bu borada ilmiy-amaliy anjumanlar, savol-javob kechalari, kitobxonlik, o‘yinlar, mashhur kishilar bilan uchrashuvlar tashkil etishda matonat maktabi yetakchi rol o‘ynaydi.

 

Mazkur qaror asosida O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi huzurida “Matonat maktabi” tashkil qilinib, unga qo‘mita raisi rahbarlik qilishi belgilandi. Bunga qo‘shimcha ravishda 2 shtat birligi ajratiladi. Paralimpiya sport turlarini yana-da rivojlantirish bo‘yicha respublika kengashi Paralimpiyachilarning matonat maktabi faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish va paralimpiya sport turlarini yana-da rivojlantirish bo‘yicha respublika kengashi etib qayta nomlanyapti.

 

Bizga bu borada Mudofaa hamda Sportni rivojlantirish vazirliklari yordam beradi. Matonat maktabi yutuqlari, maktab vakillarining ibratli hayot tarzini targ‘ib qilishga Mudofaa vazirligi yordam bersa, yoshlarni parasport turlariga keng jalb qilish sohasidagi vazifalar Sportni rivojlantirish vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Maqsadimiz “Yangi O‘zbekiston — yangi g‘alabalar sari” degan hayotiy eʼtiqodni qaror toptirishga qaratilgan.

 

Yangi hayotga qadam qo‘yayotgan har qanday yoshning o‘zi intilgan insoni, sevib qo‘llab-quvvatlaydigan sportchilari bo‘ladi. Shu maʼnoda aytish lozimki, bugungi paralimpiyachilarimiz ham o‘z irodasi va matonati bilan ana shunday sharafga loyiq insonlar. Garchi jismoniy imkoniyati cheklangan bo‘lsa-da, ularning har biri qahramon, hayot yo‘li ibrat bo‘lishga arzigulik. Ular haqida filmlar ishlanadi, ko‘rsatuvlar tayyorlanadi, maxsus kitoblar chop etiladi. Inson irodasi metindek mustahkamligi ko‘rsatib beriladi.

 

Hujjat asosida poytaxtimizning Abdulla Qodiriy ko‘chasida joylashgan piyodalar yurish va dam olish maskanida Paralimpiyachilar bog‘i tashkil etilyapti. Toshkent metropolitenining yangi qurilayotgan bekatlaridan biriga “Paralimpiya harakati” nomi beriladi.

 

Matonat maktabi bo‘yicha O‘zbekiston tajribasini dunyo mamlakatlariga targ‘ibot-tashviqot etish maqsadida 2023 yildan boshlab har ikki yilda bir marotaba Toshkent shahrida  “Paralimpiya matonatchilari” xalqaro forumi o‘tkaziladi. Bularning barchasi yoshlarning sevimli paralimpiyachilari timsolida ularga izzat-ikrom va hurmat ko‘rsatish sanaladi. Nogironligi bo‘lgan shaxslar eʼtiborimizdan chetda qolmaydi.

 

Paralimpiya butun dunyoga yoyilgan xayrli va savobli harakatlardan sanaladi. Shuning uchun jismoniy imkoniyati cheklangan yoki nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasida ommaviy sportni yana-da rivojlantiramiz. Har birining iqtidori va imkoniyatiga qarab parastol tennisi, paradzyudo, golbol, 5x5 futbol, parayengil atletika, bochcha, parapauerlifting, paraqilichbozlik, aravachada basketbol kabi sport turlariga alohida eʼtibor qaratamiz. Ularni zaruriy sport jihozlari va sport formalari bilan taʼminlab boramiz.

 

Bu orqali professional sportni ham rivojlantirib, xalqaro musobaqalar va Paralimpiya o‘yinlarida mamlakatimiz dovrug‘ini yana-da kengroq yoyishga o‘z hissamizni qo‘shamiz. 

 

Muxtorxon Toshxo‘jayev,

O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi

custom img

Toshkent 2027-yilgi para yengil atletika bo'yicha Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi

Musobaqada 100 dan ortiq davlatdan qariyb 1 300 nafar sportchi qatnashishi kutilmoqda.

custom img

AQShda futbolchi Lionel Messi firibgarlikda ayblanmoqda

Bunga o‘tgan yilning oktyabr oyida Venesuela terma jamoasiga qarshi o‘yinda futbolchining qatnashmagani va promouterlik kompaniyasining zarar ko‘rgani sabab bo‘lgan.

custom img

Javohir Sindarov Nomzodlar turnirini rekordlar bilan yakunladi

O‘zbekistonlik shaxmatchi turnirni mag‘lubiyatsiz va 6 g‘alaba bilan tugatdi.

custom img

Tarixiy g’alaba: Javohir Sindarov muddatidan avval g‘alaba qozondi

20 yoshli Sindarov jahon chempioni unvoni uchun kechadigan bahsda Dommaraju Gukeshga qarshi o‘ynaydi.

custom img

Futbolchi Xushnudbek Avilov 27 yoshida vafot etdi

Avilov faoliyati davomida mamlakatning bir qator yetakchi klublarida to‘p surgan. Uning o‘lim sababi hozircha ochiqlanmagan.

custom img

O‘zbekiston boks terma jamoasi Osiyo chempionatida 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston terma jamoasi musobaqani jami 11 ta medal bilan yakunladi.

custom img

Javohir Sindarov ketma-ket 4-g‘alabasini qo‘lga kiritdi

Sindarov FIDE Nomzodlar turnirida Xitoyning birinchi raqamli grossmeysteri Wei Yi’ni mag‘lub etib peshqadamligini mustahkamladi.

custom img

Abduqodir Husanov “Manchester Siti”da mart oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi

O‘zbekistonlik himoyachi ushbu sovrin uchun kurashda jamoadoshlari Rodri va Jeremi Dokuni ortda qoldirib, g‘olib bo‘ldi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"