Sport

Fyuri — Uayt. Kim favorit?

Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni 94 ming muxlis kelishi kutilayotgan jang haqida gapirdi.

Fyuri — Uayt. Kim favorit?

 

Boks bo‘yicha yarim o‘rta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Kostya Tszyu WBC yo‘nalishi chempioni Tayson Fyuri va Dillian Ueyt o‘rtasidagi jang haqida fikr bildirdi.

 

"Fyurini ushbu jangda favorit deb bilaman. Biroq, Tayson qanday formada ekanligini bilmayman. Agar kutilgan tayyorgarlikka ega bo‘lmasa, kutilmagan natija bo‘lish ehtimoli yuqori. Ikkalasi ham jangga tayyor bo‘lsa Fyuri baribir maʼlum bir ustunlikka ega”, — deya Kostya Tszyuning so‘zlaridan “Gazeta.ru” nashri iqtibos keltirdi.

 

Eslatib o‘tamiz, Fyuri va Uayt o‘rtasidagi jang 23 apreldan 24 aprelga o‘tar kechasi Londondagi “Uembli” stadionida bo‘lib o‘tadi. Oldinroq jang tashkilotchilari to‘qnashuvga 94 000 tomoshabin kelishi kutilayotgani xabar qilingandi. Agar bu amalga oshsa 21-asrda boks musobaqasiga muxlislarning tashrif buyurish bo‘yicha rekord o‘rnatiladi.

 

Avvalroq, Entoni Joshua Aleksandr Usikning imkoniyatlarini baholagani haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

custom img

Meliqo‘ziyev ganalik raqibini texnik nokautga uchratdi

U shu tariqa WBA Continental Americas kamarini himoya qildi va 17-g‘alabasini qayd etdi.

custom img

“Darhol yo‘lga chiq”: Tramp Ronalduni AQSHga chaqirdi

Amerika rahbari Krishtianuni eng buyuk futbolchi deb atadi.

custom img

O‘zbekiston sportchilari qishki Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini medalsiz yakunladi

Mamlakat sharafini short-trekchi Daniil Yeybog va tog‘ chang‘ichisi Medet Nazarov himoya qildi.

custom img

Husanov transferidan keyin O‘zbekiston Manchester City uchun strategik bozorga aylandi

“Manchester Evening News” e’tirofiga ko‘ra, Abduqodir Husanovning Manchester Cityga transferi klub tarixidagi eng kuchli raqamli portlashlardan birini keltirib chiqardi: atigi bir necha hafta ichida O‘zbekiston “Siti”ning eng faol auditoriyasiga aylandi, millionlab muxlislar esa ingliz klubini global trendga olib chiqdi.

custom img

O‘zbekiston vakillari qishki Olimpiadadagi debyut ishtirokini yakunladi

Short-trekda Daniil Eybog 14-o‘rinni egalladi, tog‘ chang‘isida Medet Nazarov gigant-slalomda 50-pog‘onadan joy oldi.

custom img

FIDE Freestyle Jahon chempionati: Abdusattorov va Sindarov 4-turda mag‘lub bo‘ldi

O‘zbekistonlik grossmeysterlar Hans Niemann va Arjun Erigaisiga imkoniyatni boy berdi, keyingi turda esa ular o‘zaro bahs olib boradi.

custom img

"Al Nasr" Ronalduga vaziyatni barqarorlashtirishga va’da berdi

Klub rahbari iste’foga chiqarilishi mumkin.

custom img

Saudiya klublari Mohamed Salahni Ronalduning o'rniga tayyorlamoqda

Ronalduning yaqin orada ligani tark etishi mumkinligi haqidagi xabarlar fonida, Saudiya “Liverpool” yulduzining haftalik maoshini uch baravar oshirishni taklif qilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"