Jahon

Quvayt Livanga o‘z elchisini qaytaradi

Ikki davlat munosabatlari 2021-yil oktabrida yomonlashgan edi.

Quvayt Livanga o‘z elchisini qaytaradi

 

Quvayt o‘z elchisini Livanga qaytarishga qaror qildi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vazirligi xabar tarqatdi.

 

"Livandagi mo‘tadil milliy kuchlarning chaqiriqlari va bosh vazirning Quvayt hamda butun Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashi bilan hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha majburiyatlarini hisobga olib biz o‘z elchimizning Bayrutga qaytishini eʼlon qilamiz, — deyiladi vazirlikning Twitter sahifasida.

 

Maʼlumot o‘rnida: Livanning arab davlatlari bilan munosabatlari mamlakatning sobiq axborot vaziri Jorj Kordaxining 2021 yil oktyabrida Yamandagi xusiylarning harakatlarini oqlab chiqqani ortidan yomonlashgandi. Dastlab Saudiya Arabistoni, keyinchalik Bahrayn, Quvayt va BAA o‘z elchilarini Bayrutdan chaqirib olgandi.

 

2022-yil 22-yanvar kuni Quvayt tashqi ishlar vaziri Ahmad Nosir as-Saboh Livanga tashrif bilan keladi va mamlakat prezidenti Mishel Aunga arab davlatlari bilan munosabatlarni yaxshilash shartlarini maʼlum qiladi.

 

Avvalroq Arab davlatlari Rossiya-Ukraina o‘rtasida vositachi bo‘lishga tayyorligi to‘g‘risida xabar berilgandi

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"