Jahon

Yevroittifoq ukrainalik qochqinlarga 17 milliard yevro ajratadi

Mablag‘lar uy-joy, taʼlim va sog‘liqni saqlash sohalariga yo‘naltiriladi.

Yevroittifoq ukrainalik qochqinlarga 17 milliard yevro ajratadi

 

Yevropa Ittifoqi davlatlari ukrainalik qochqinlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 17 milliard yevro ajratishga qaror qildi

 

Taʼkidlanishicha, Yevropa Kengashi aʼzo davlatlarga ukrainalik qochqinlarga yordam berish uchun Birlashish siyosati jamg‘armalari va kam taʼminlanganlarga Yevropa yordam jamg‘armasi (FEAD) mablag‘larini yo‘naltirish imkonini beruvchi qonunchilikka tuzatishlar kiritdi. Yevropa Kengashi bu qadamni aʼzo davlatlar qochoqlarning uy-joy, taʼlim va sog‘liqni saqlashga bo‘lgan ortib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli resurslarga ega bo‘lishini taʼminlashda muhim deb atadi.

 

Eslatib o‘tamiz, mart oyi oxiriga kelib Ukrainani 4 million qochqin tark etgan. Ularning yarmidan ko‘pi Polshada.

 

Shu bilan birga, ommaviy axborot vositalari baʼzi ukrainaliklar allaqachon o‘z vatanlariga qaytishni boshlagani haqida xabar berishdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"