Jahon

YE vakili Eronga boradi

U yadro kelishuvi yakuniy shartlarini muhokama qiladi.

YE vakili Eronga boradi

 

Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi Eronga yadro kelishuvini muhokama qilish uchun boradi. Bu haqda "TASS" xabar berdi.

 

Yevroittifoq tashqi siyosiy xizmati siyosiy direktori Enrike Mora o‘z Twitter sahifasida Tehronga tashrif buyurishini yozgan.

 

"Ertaga (26-mart) Eronga Ali Bageri Kani [yadro kelishuvi bo‘yicha muzokaralarda Eron delegatsiyasi rahbari] bilan uchrashish uchun boraman. "Hamkorlikdagi umumiy harakatlar rejasi" bo‘yicha Vena muloqotining so‘nggi bo‘sh nuqtalarini to‘ldirish ustida ishlayapmiz. Biz muzokaralarni yakunlashimiz kerak. O‘rtaga juda ko‘p narsa tikilgan", — degan Mora.

 

"Hamkorlikdagi umumiy harakatlar rejasi" 2015-yilda imzolangan. U Eronning yadro dasturi atrofidagi inqirozning oldini olishga qaratilgan. Kelishuv bir tomondan Eron, ikkinchi tomondan AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, Fransiya va Xitoy tarafidan imzolangan. Ammo 2018-yilda AQSHning o‘sha paytdagi prezidenti Donald Tramp ushbu shartnomadan chiqib ketgan. Ammo Bayden administratsiyasi uni tiklashga harakat qilmoqda. 2021-yil aprelidan buyon Venada muzokaralar qayta davom etyapti.

 

Muzokaralar final bosqichiga chiqqan va fevral oxiriga qadar tugallanishi kerak edi. Ammo tomonlarda muhokama qilinishi kerak bo‘lgan qo‘shimcha masalalar paydo bo‘ldi. Shu sababli hozirga qadar kelishuv imzolanmagan.

 

Avvalroq Oq uy Trampni Eron yadro dasturini tezlashtirishda ayblangandi

custom img

Putinga istalgan mamlakatga hujum qilish vakolati berildi

Davlat Dumasi prezidentga rossiyaliklar ta’qibga uchrayotgan mamlakatlarga qo‘shin kiritish vakolatini beruvchi qonun loyihasini qabul qildi.

custom img

Qirg‘izistonda rus tilidagi qishloqlar nomi o‘zgartiriladi — Sadir Japarov

Mazkur jarayonni 2027-yilgacha yakunlash rejalashtirilgan.

custom img

Hind okeanida rohinja muhojirlari qayig‘i halokatga uchrab, 250 kishi bedarak yo‘qoldi

Shuningdek hodisa oqibatida bangladeshliklar va bolalar ham bedarak yo‘qolgan. Fojia rohinjalarning uzoq davom etayotgan majburiy ko‘chirilishi bilan bog‘lanmoqda.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"