Sport

O‘zbekistonlik bokschilar Osiyo chempionatida 6 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi

Ular Iordaniyada o‘tkazilgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga qatnashmoqda.

O‘zbekistonlik bokschilar Osiyo chempionatida 6 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi

 

Bu haqda Boks federatsiyasi axborot xizmati xabar berdi.

 

Xabarga ko‘ra, finalda jang qilgan qilgan 11 nafar o‘zbekistonlik bokschidan 6 tasi yakunda qitʼa chempionligini qo‘lga kiritdi. Shu tariqa o‘smir yigitlar jamoasi musobaqani 6 ta oltin, 5 ta kumush va 1 ta bronza medali bilan yakunladi.

 

Oltin medalni qo‘lga kiritgan sportchilar:
 

  • -48 kilogramm: Ilhom Ergashev

  • -50 kilogramm: Samandar Olimov

  • -70 kilogramm: Jafar Shahbozov

  • -75 kilogramm: Temur Abduvohidov

  • -80 kilogramm: Rahmonjon Qodirov

  • + 80 kilogramm: Ozodbek Aliyev

 

Kumush medal sohiblari:

 

  • -52 kilogramm: Sunnatilla O‘ktamaliyev

  • -54 kilogramm: Mironshoh Norqosimov

  • -57 kilogramm: Farruh To‘laganov

  • -60 kilogramm: Mirzakamron Yunusov

  • -63 kilogramm: Hojiakbar Qudratov

  •  

Bronza medali sohibi:

 

  • -66 kilogramm: Sardor Dilolov

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"