Sport

Murodjon Ahmadaliyev AQSHga jo‘nab ketdi

Navbatdagi jang sanasi malum emas.

Murodjon Ahmadaliyev AQSHga jo‘nab ketdi

 

Bugun, 25-fevral kuni tunda Islom Karimov nomidagi Xalqaro aeroportdan WBA va IBF chempioni Murodjon Ahmadaliyev chempionlik kamarini himoya qilish uchun Amerika Qo‘shma Shtatlariga jo‘nab ketdi.

Namanganlik bokschini kuzatib qo‘yish uchun yaqinlari, do‘stlari va OAV vakillari aeroportga chiqishdi.

Murodjon Ahmadaliyev:

 

“Amerikaga uchib ketyapman. Raqibim aniq, yaʼni amerikalik Ronni Rios, biroq jang sanasi maʼlum emas. Xudo xohlasa jang kuni aniq bo‘lsa, xalqimizga eʼlon qilamiz. O‘zbekistonda jang qilish niyatim bo‘ldi, ammo bu himoya jangi – butun dunyo kuzatadi”.



Bundan tashqari bokschining onasi ham bo‘lib o‘tadigan jangga o‘z munosabatini bildirgan:

 

“Jangdan bir kun oldin farzandim bilan gaplashaman. Ortingda prezident turibdi, yutishing kerak! deb taʼkidlayman. Jang boshlanganda ko‘rmay, ko‘chani supurishga chiqib ketaman, keyin natijasini bilaman”.



Maʼlumot o‘rnida: Murodjon Ahmadaliyev chempionlik kamarini himoya qilish uchun amerikalik Ronni Riosga qarshi jang qiladi. Bokschining maʼlum qilishicha, ushbu jang AQSHning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tadi, ammo jang sanasi hozircha maʼlum emas.

custom img

Meliqo‘ziyev ganalik raqibini texnik nokautga uchratdi

U shu tariqa WBA Continental Americas kamarini himoya qildi va 17-g‘alabasini qayd etdi.

custom img

“Darhol yo‘lga chiq”: Tramp Ronalduni AQSHga chaqirdi

Amerika rahbari Krishtianuni eng buyuk futbolchi deb atadi.

custom img

O‘zbekiston sportchilari qishki Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini medalsiz yakunladi

Mamlakat sharafini short-trekchi Daniil Yeybog va tog‘ chang‘ichisi Medet Nazarov himoya qildi.

custom img

Husanov transferidan keyin O‘zbekiston Manchester City uchun strategik bozorga aylandi

“Manchester Evening News” e’tirofiga ko‘ra, Abduqodir Husanovning Manchester Cityga transferi klub tarixidagi eng kuchli raqamli portlashlardan birini keltirib chiqardi: atigi bir necha hafta ichida O‘zbekiston “Siti”ning eng faol auditoriyasiga aylandi, millionlab muxlislar esa ingliz klubini global trendga olib chiqdi.

custom img

O‘zbekiston vakillari qishki Olimpiadadagi debyut ishtirokini yakunladi

Short-trekda Daniil Eybog 14-o‘rinni egalladi, tog‘ chang‘isida Medet Nazarov gigant-slalomda 50-pog‘onadan joy oldi.

custom img

FIDE Freestyle Jahon chempionati: Abdusattorov va Sindarov 4-turda mag‘lub bo‘ldi

O‘zbekistonlik grossmeysterlar Hans Niemann va Arjun Erigaisiga imkoniyatni boy berdi, keyingi turda esa ular o‘zaro bahs olib boradi.

custom img

"Al Nasr" Ronalduga vaziyatni barqarorlashtirishga va’da berdi

Klub rahbari iste’foga chiqarilishi mumkin.

custom img

Saudiya klublari Mohamed Salahni Ronalduning o'rniga tayyorlamoqda

Ronalduning yaqin orada ligani tark etishi mumkinligi haqidagi xabarlar fonida, Saudiya “Liverpool” yulduzining haftalik maoshini uch baravar oshirishni taklif qilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"