Sport

Simeonening o‘g‘li “Atletiko” bilan shartnomasini uzaytirdi

U jamoaga 2020-yil qo‘shilgandi.

Simeonening o‘g‘li “Atletiko” bilan shartnomasini uzaytirdi

 

Madridning “Atletiko” klubi yarim himoyachisi Juliano Simeone ispan jamoasi bilan 2025 yilning yoziga qadar yangi shartnoma imzoladi. Bu haqda “Sport.es” nashri xabar bermoqda.

 

“Atletiko Madrid” bilan shartnomamni uzaytirganimdan juda xursandman va ular menga bildirgan ishonchni oqlashga umid qilaman. "Atletiko Madrid" mening oilam", — deydi Simeone.

 

19 yoshli Simeone bosh murabbiy Diyego Simeonening o‘g‘li hisoblanadi. Joriy mavsumda argentinalik yarim himoyachi “matraschilar”ning ikkinchi jamoasi safida 12 ta gol urdi. Kichik Simeone ispan klubiga 2020 yil sentyabr oyida Argentinaning “River Pleyt” jamoasidan kelib qo‘shilgan edi.

 

Avvalroq, “Bavariya” klubi himoyachisi Lukas Ernandes qamoq jazosiga hukm qilingani va eng yaxshi to‘purar nomiga Aguero nomi qo‘yilishi haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"