Sport

“Bu navbatdagi janglarimga tayyorgarlik vazifasini bajarib beradi”

Bahodir Jalolov 18-mart kuni yana ringga ko‘tariladi.

“Bu navbatdagi janglarimga tayyorgarlik vazifasini bajarib beradi”

 

Bir necha kun oldin og‘ir vazn toifasidagi o‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolovning navbatdagi raqibi maʼlum bo‘lgandi. Zamon.uz sportchi bilan bog‘lanib, ushbu jangga tayyorgarlik jarayoni haqida maʼlumot oldi.

Jalolovning so‘zlariga ko‘ra, ayni damda u murabbiylari qo‘li ostida Toshkent viloyatidagi Yangiobod o‘quv bazasida mashg‘ulot olib bormoqda.

 

“Keyingi raqibim polshalik Kamil Sokolovskiga qarshi bo‘lib o‘tadi. U bir qator kuchli bokschilar bilan murosasiz bahs olib borgan. Mening promotrlarim shu bokschini tavsiya etishdi. Sababi bu navbatdagi raqiblarim bilan bo‘ladigan janglarga tayyorgarlik vazifasini bajarib beradi. Ushbu jang 8 rounddan iborat bo‘ladi. Niyatim bu jangimda ham g‘alaba qozonib reytingimni oshirib olish. Hozirda tayyorgarlik jarayonini Yangiobod o‘quv bazasida olib boryapmiz. Yaqinda Rossiyadan sparring raqiblarimiz kelishi kerak. Shularni kutyapmiz”.

 

Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolov o‘zining professional yo‘nalishdagi navbatdagi jangini 18 mart kuni Dubay shahrida o‘tkazadi. “Probellum” kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan boks oqshomida unga polshalik Kamil Sokolovski raqiblik qiladi. Jalolov oxirgi jangida kolumbiyalik Xulio Sezar Kalimenoni birinchi rounddayoq mag‘lubiyatga uchratgandi. Shu kungacha bokschimiz prof boksda 9 marta jang o‘tkazib, ularning barchasida raqiblarini nokautga uchratgan.

 

Maʼlumot o‘rnida: Jalolov 2019-yil jahon chempionatida va Tokio Olimpiyadasida chempionlikni qo‘lga kiritgan.

 

Jamshidbek Amirov

custom img

Meliqo‘ziyev ganalik raqibini texnik nokautga uchratdi

U shu tariqa WBA Continental Americas kamarini himoya qildi va 17-g‘alabasini qayd etdi.

custom img

“Darhol yo‘lga chiq”: Tramp Ronalduni AQSHga chaqirdi

Amerika rahbari Krishtianuni eng buyuk futbolchi deb atadi.

custom img

O‘zbekiston sportchilari qishki Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini medalsiz yakunladi

Mamlakat sharafini short-trekchi Daniil Yeybog va tog‘ chang‘ichisi Medet Nazarov himoya qildi.

custom img

Husanov transferidan keyin O‘zbekiston Manchester City uchun strategik bozorga aylandi

“Manchester Evening News” e’tirofiga ko‘ra, Abduqodir Husanovning Manchester Cityga transferi klub tarixidagi eng kuchli raqamli portlashlardan birini keltirib chiqardi: atigi bir necha hafta ichida O‘zbekiston “Siti”ning eng faol auditoriyasiga aylandi, millionlab muxlislar esa ingliz klubini global trendga olib chiqdi.

custom img

O‘zbekiston vakillari qishki Olimpiadadagi debyut ishtirokini yakunladi

Short-trekda Daniil Eybog 14-o‘rinni egalladi, tog‘ chang‘isida Medet Nazarov gigant-slalomda 50-pog‘onadan joy oldi.

custom img

FIDE Freestyle Jahon chempionati: Abdusattorov va Sindarov 4-turda mag‘lub bo‘ldi

O‘zbekistonlik grossmeysterlar Hans Niemann va Arjun Erigaisiga imkoniyatni boy berdi, keyingi turda esa ular o‘zaro bahs olib boradi.

custom img

"Al Nasr" Ronalduga vaziyatni barqarorlashtirishga va’da berdi

Klub rahbari iste’foga chiqarilishi mumkin.

custom img

Saudiya klublari Mohamed Salahni Ronalduning o'rniga tayyorlamoqda

Ronalduning yaqin orada ligani tark etishi mumkinligi haqidagi xabarlar fonida, Saudiya “Liverpool” yulduzining haftalik maoshini uch baravar oshirishni taklif qilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"