Jahon

Nyu-York maktabda yuzaga kelgan otishmada 2 kishi yaralandi

O‘quvchini zudlik bilan operatsiya qilishga to‘g‘ri keld

Nyu-York maktabda yuzaga kelgan otishmada 2 kishi yaralandi

 

AQSHning Baffalo shahridagi o‘rta maktabda yuzaga kelgan otishma natijasida ikki kishi jabrlandi.

Bu haqda Associated Press politsiyaga tayanib xabar bermoqda.

 

Politsiya komissari o‘rinbosari Jozef Gramalyaning so‘zlariga ko‘ra, darsdan so‘ng maktab yaqinidagi avtoturargohda janjal kelib chiqqan va otishmagan aylangan. Natijada ikki kishi: bir o‘quvchi va qorovul yaralangan. O‘smir shoshilinch operatsiya qilindi. Qorovul oyog‘idan o‘q yegan, ammo hayotiga xavf yo‘q.

 

Politsiya xabariga ko‘ra, nomaʼlum shaxs avtoturargohda to‘pponcha olib, undan bir necha marta o‘q uzgan. Jinoyatchi qochib ketgan, politsiya uni izlamoqda. Otishma vaqtida maktabda 100 ga yaqin odam bo‘lgan. Xavfsizlik yuzasidan yaqin atrofdagi kollejda darslar bekor qilinib, talabalar uyiga yuborildi.

AQSH maktablari va kollejlarida tez-tez otishma sodir bo‘ladi. Ularning ayrimlari terrorchilik harakati deb ham baholanishi holatni yaxshilamayapti.

Sharofat Mahmudova

custom img

Putinga istalgan mamlakatga hujum qilish vakolati berildi

Davlat Dumasi prezidentga rossiyaliklar ta’qibga uchrayotgan mamlakatlarga qo‘shin kiritish vakolatini beruvchi qonun loyihasini qabul qildi.

custom img

Qirg‘izistonda rus tilidagi qishloqlar nomi o‘zgartiriladi — Sadir Japarov

Mazkur jarayonni 2027-yilgacha yakunlash rejalashtirilgan.

custom img

Hind okeanida rohinja muhojirlari qayig‘i halokatga uchrab, 250 kishi bedarak yo‘qoldi

Shuningdek hodisa oqibatida bangladeshliklar va bolalar ham bedarak yo‘qolgan. Fojia rohinjalarning uzoq davom etayotgan majburiy ko‘chirilishi bilan bog‘lanmoqda.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"