Sport

Messi koronavirus yuqtirib oldi

"PSJ"ning yana uch nafar o‘yinchisida virus aniqlangan.

Messi koronavirus yuqtirib oldi

 

Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” futbol klubining argentinalik mashhur hujumchisi Lionel Messi koronavirusini yuqtirib oldi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati xabar berdi. 


Shuningdek, "PSJ" futbolchilari Xuan Bernat, Serxio Riko va Natan Bitumazalda ham kasallik aniqlangan. Barcha bemorlar o‘zini izolyasiya qilgan. Braziliya klubining jarohat olgan futbolchisi Neymar ham hozir uyida. U taxminan uch haftadan so‘ng mashg‘ulotlarga qaytadi.


"PSJ" dushanba kuni Fransiya kubogi 1/16 finalida "Vann"ga qarshi bahs olib boradi. 19-turdan keyin jamoa 46 ochko jamg‘arib, mamlakat chempionati turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab turibdi.


Messi joriy mavsumda “PSJ” safida 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Avvalroq Xalqaro sport jurnalistlari assosiasiyasi 2021-yilning eng yaxshi sportchisini aniqlagani, "Bavariya" klubi futbolchisi Robert Levandovski barchadan ko‘p ovoz to‘plagani xabar qilingan edi.

 

custom img

Meliqo‘ziyev ganalik raqibini texnik nokautga uchratdi

U shu tariqa WBA Continental Americas kamarini himoya qildi va 17-g‘alabasini qayd etdi.

custom img

“Darhol yo‘lga chiq”: Tramp Ronalduni AQSHga chaqirdi

Amerika rahbari Krishtianuni eng buyuk futbolchi deb atadi.

custom img

O‘zbekiston sportchilari qishki Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini medalsiz yakunladi

Mamlakat sharafini short-trekchi Daniil Yeybog va tog‘ chang‘ichisi Medet Nazarov himoya qildi.

custom img

Husanov transferidan keyin O‘zbekiston Manchester City uchun strategik bozorga aylandi

“Manchester Evening News” e’tirofiga ko‘ra, Abduqodir Husanovning Manchester Cityga transferi klub tarixidagi eng kuchli raqamli portlashlardan birini keltirib chiqardi: atigi bir necha hafta ichida O‘zbekiston “Siti”ning eng faol auditoriyasiga aylandi, millionlab muxlislar esa ingliz klubini global trendga olib chiqdi.

custom img

O‘zbekiston vakillari qishki Olimpiadadagi debyut ishtirokini yakunladi

Short-trekda Daniil Eybog 14-o‘rinni egalladi, tog‘ chang‘isida Medet Nazarov gigant-slalomda 50-pog‘onadan joy oldi.

custom img

FIDE Freestyle Jahon chempionati: Abdusattorov va Sindarov 4-turda mag‘lub bo‘ldi

O‘zbekistonlik grossmeysterlar Hans Niemann va Arjun Erigaisiga imkoniyatni boy berdi, keyingi turda esa ular o‘zaro bahs olib boradi.

custom img

"Al Nasr" Ronalduga vaziyatni barqarorlashtirishga va’da berdi

Klub rahbari iste’foga chiqarilishi mumkin.

custom img

Saudiya klublari Mohamed Salahni Ronalduning o'rniga tayyorlamoqda

Ronalduning yaqin orada ligani tark etishi mumkinligi haqidagi xabarlar fonida, Saudiya “Liverpool” yulduzining haftalik maoshini uch baravar oshirishni taklif qilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"