Jahon

AQSHdagi taniqli olim Xitoy bilan aloqalarini yashirganlikda ayblandi

Xitoy bilan yashirin aloqalarni borligi aytilmoqda.

AQSHdagi taniqli olim Xitoy bilan aloqalarini yashirganlikda ayblandi

 

AQSHda Charlz Liberni Xitoy bilan ilmiy hamkorlik va undan olinadigan daromadlarni yashirganlikda aybdor deb topdi. 

 

Hakamlar hayʼati Garvard universitetining kimyo va kimyoviy biologiya kafedrasi sobiq dekani rasmiylarga yolg‘on gapirgani, noto‘g‘ri soliq deklaratsiyasini taqdim etgani va Xitoy bankida hisob raqami borligini oshkor qilmagani isbotlangan deb topdi.

 

Ishga  doir hujjatlar shuni ko‘rsatadiki, nanomateriallar sohasida dunyodagi yetakchi mutaxassislardan biri hisoblangan 62 yoshli Liber o‘zining asosiy ish beruvchisini bilmagan holda Xitoyning “Ming isteʼdod” ilmiy kadrlarni yollash dasturiga qo‘shilgan.

 

Shuningdek,  Wuhan texnologiya universiteti oyiga 50 ming dollar maoshdan tashqari, unga 150 ming dollargacha bo‘lgan operatsion xarajatlar ham to‘langan va tadqiqot laboratoriyasini jihozlash uchun 1,5 million dollardan ortiq mablag‘ ajratilgani taʼkidlagan prokuror.

 

Olimning o‘zi esa uning uchun asosiy narsa  pul emas, balki dunyoda  tan olinishi va Nobel mukofotini olish istagi ekanligini bildirgan.

 

Bundan tashqari, Amerika hukumati yana 24 nafar ilmiy xodimni Xitoy bilan aloqalari haqidagi maʼlumotlarni yashirganlikda ayblagan. Ulardan 9 nafari aybiga iqror bo‘ldi, 6 tasidan ayblovlar olib tashlandi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq kriminal avtoritetga ega jinoyatchi sud zalining o‘zida otib o‘ldirilgani hamda Shvetsiya TIV rahbari prankerlarga davlat sirini ochib qo‘ygani haqida xabar berilgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

custom img

Putinga istalgan mamlakatga hujum qilish vakolati berildi

Davlat Dumasi prezidentga rossiyaliklar ta’qibga uchrayotgan mamlakatlarga qo‘shin kiritish vakolatini beruvchi qonun loyihasini qabul qildi.

custom img

Qirg‘izistonda rus tilidagi qishloqlar nomi o‘zgartiriladi — Sadir Japarov

Mazkur jarayonni 2027-yilgacha yakunlash rejalashtirilgan.

custom img

Hind okeanida rohinja muhojirlari qayig‘i halokatga uchrab, 250 kishi bedarak yo‘qoldi

Shuningdek hodisa oqibatida bangladeshliklar va bolalar ham bedarak yo‘qolgan. Fojia rohinjalarning uzoq davom etayotgan majburiy ko‘chirilishi bilan bog‘lanmoqda.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"